So’nggi yangiliklar

15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  1 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  1 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2

SHerali Jo'raev: “Vaziyatlardan foydalanganimda uyga boshqacha kayfiyatda qaytardik” Yangiliklar

SHerali Jo'raev: “Vaziyatlardan foydalanganimda uyga boshqacha kayfiyatda qaytardik”

Oliy liga o'n birinchi turidan joy olgan “Bunyodkor” - “Qizilqum” jamoalari uchrashuvidan (2:0) so'ng, navoiyliklar yarim himoyachisi SHerali Jo'raev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-“Bunyodkor” jamoasi qarshi uchrashuvni yomon boshlamagandik, - dedi SHerali Jo'raev. - Garchi, havo harorati har ikki jamoa azolarini ham birdek qiyin ahvolga solib qo'ygan bo'lsa-da, butun uchrashuv davomida himoyaga yotib olmadik. Golli vaziyatlar yaratishga urindik. Alamlisi, ikki bor qulay vaziyatlardan samarali foydalana olmadim. Agar ularning hech bo'lmaganida bittasini gol bilan yakunlaganimda uyga mutlaqo boshqacha kayfiyatda qaytishimiz tayin edi.
SHunday issiq havoda bizni qo'llab-quvvatlash uchun Navoiydan uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizni xursand qilishni istagandik. Afsuski, buni amalga oshira olmadik. Ammo hayot davom etyapti. Keyingi uchrashuvlarga jiddiy tayyorlanib, yo'qotilgan ochkolar o'rnini qoplashga harakat qilamiz, albatta.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика