SHeka "Lill"ni erkin agent maqomida tark etishi mumkin
02 apr 2022 10:38
Yangiliklar
SHeka "Lill"ni erkin agent maqomida tark etishi mumkin
"Lill" yarim himoyachisi SHeka jamoadan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadigan 27 yoshli portugaliyalik erkin agent maqomida ketishi mumkin.
O'yinchiga "Roma", "Valensiya" va "Galatasaroy" klublari qiziqish bildirmoqda.
SHeka joriy mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar