So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  2 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Makbernining so'nggi daqiqalarda urgan goli MYUni g'alabadan mahrum qildi Yangiliklar

Makbernining so'nggi daqiqalarda urgan goli MYUni g'alabadan mahrum qildi

Angliya Premer-ligasi 13-tur doirasida "SHeffild Yunayted" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

"SHeffild Yunayted" - "Manchester Yunayted" 3:3

Gol: Jon Flek (19), Musse (52), Makberni (90) - Uilyams (72), Grinvud (77), Reshford (79)

"SHeffild Yunayted": Mur, Stivens, Bashem, O`Konnell, Boldok, Norvud, Flek, Landstrem, Jagelka, Musse, Makgoldrik.

"Manchester Yunayted": De Xea, Van-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Uilyams, Jeyms, Pereyra, Marsyal, Fred, Jons, Reshford.


Sheffield United

John Fleck - 19', Lys Mousset - 52', Oliver McBurnie - 90'

Premier League . 13-tur

24/11/2019, 21:30

3
:
3
Tugadi

Manchester United

Brandon Williams - 72', Mason Greenwood - 77', Marcus Rashford - 79'

Stadion: Bramall Lane, 32024 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
19'  John Fleck
51'  John Lundstram
52'  Lys Mousset
52'  John Fleck
68'  Lys Mousset (Oliver McBurnie)
78'  David McGoldrick (Billy Sharp)
83'  Chris Basham (Callum Robinson)
90'  Oliver McBurnie
90'  Callum Robinson
46'  Phil Jones (Jesse Lingard)
50'  Brandon Williams
60'  Aaron Wan-Bissaka
72'  Brandon Williams
73'  Andreas Pereira (Mason Greenwood)
77'  Mason Greenwood
77'  Marcus Rashford
79'  Marcus Rashford
79'  Daniel James
85'  Anthony Martial (Axel Tuanzebe)


O'YIN YAKUNLANDI.

90+4. Ha, aytgancha ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berilgan edi.

90+2. Gol haqqoniy. Hisob 3:3

90+1. SHoshilmaymiz. Hakam VARga murojaat qilmoqda.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! "SHeffild" hisobni tenglashtirdi. Makberni hisobni 3:3 ko'rinishiga olib keluvchi golga mualliflik qildi.

86. 3ta goldan so'ng Fergyuson o'zida yo'q xursand)

84. MYUda ham o'zgarish. Reshford o'z o'rnini Tuanzebega bo'shatib berdi.

83. "SHeffild"da o'zgarish. Beshem o'z o'rnini Robinsonga bo'shatib berdi.

79. DAHSHATTTTTT! RESHFORDDDDDDDD! MYU hisobda oldinga chiqib oldi. Ajoyib hujumdan so'ng Reshford to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

79. Sal avvalroq "SHeffild" tarkibida o'zgarish ro'y berdi: Makgoldrik o'rniga SHarp tushirildi.

77. GOOOOOOL!!! Grinvud jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pni "SHeffild" darvozasiga aniq yo'lladi.

75. Goldan so'ng Sulsher o'yinga Grinvudni tushirdi, u Pereyrani almashtirdi.

72. GOOOOOOOOOL!!! MYU hisobni qisqartirdi. Jeymsning jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pini "SHeffild" futbolchisi zararsizlantira olmadi. Uilyams o'ziga kelib tushgan to'pni esa darvozaga aniq yo'lladi.

68. Ha, uning o'rnini Makberni egalladi.

68. Musse yugurib ketayotgan paytida jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmaydi.

65. Hozircha "Manchester Yunayted" o'yinni o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda, ammo mezbonlar bunga ajoyib tarzda qarshilik ko'rsatishmoqda.

60. Navbatdagi sariq kartochka Aaron Van-Bissakaga ko'rsatildi.

57. Onlayn jadvalga qaraydigan bo'lsak "SHeffild" 5-o'rinda, MYU esa 10-o'rinda joylashganini ko'ramiz.

52. GOOOOOOOOL!!! Mussening jarima maydonchasi tashqarisidan bergan ajoyib zarbasi darvozaning o'tkir burchagiga kirib ketdi. 2:0 (!)

51. Sariq kartochka navbati "SHeffild"ga keldi. Mezbonlar futbolchisi Landstrem qarshi hujumni to'xtatgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

50. O'yindagi ilk sariq kartochka qo'pol harakati uchun Uilyamsga ko'rsatildi.

49. MYU ikkinchi bo'limni faol boshladi. "Qizil iblislar" hozir harakat qilishmasa, keyin kech bo'lishini tushunib turishibdi.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak chalindi.

- MYUda ikkinchi taym oldidan o'zgarish. Maydonga Lingard tushdi, u himoyachi Fil Jonsni almashtirdi.

TANAFFUS

46. Bosh hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi.

44. O'yin hozircha daqiqalarga kelib sal sokinlashdi. MYU to'pni ko'proq o'zida saqlashga urinmoqda.

39. Zarbalar bo'yicha statistika "SHeffild" tarafida: 7-1

34. "SHeffild" "Manchester Yunayted" darvozasi tomon hujumlar qilishda to'xtamayapti. Bu ketishga ikkinchi golni ko'rsak ham ajab emas.

29. Reshford MYUning ushbu uchrashuvdagi ilk zarbasini ijro etdi. Zarba aniq, ammo kuchsiz.

23. Qoyil! "SHeffild" gol urgandan so'ng ham tinchimayapti. Ular faqat hujum haqida o'ylashmoqda.

19. GOOOOOOOOOOL!!! David De Xea yana seyv ijro etdi, ammo qaytgan to'pni Flek darvozaga aniq yo'lladi. MYU himoyachilari bu vaziyatda xatoga yo'l qo'yishdi.

16. Hozircha "qizil iblislar" "SHeffild" darvozasi tomon zarba bermadi. Mezbonlar ilk daqiqalardanoq "ikkinchi raqam" bo'lib o'ynash niyatlari yo'qligini ko'rsatishmoqda.

11. Uxxxxxx!!! De Xea bir necha sekundlar ichida 2ta ajoyib seyv ijro etdi. Mezbonlar golga juda ham yaqin kelishgan edi.

9. Hozircha "SHeffild" yomon ko'rinmayapti. MYU esa asta-sekin tashabbusni o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda.

4. Ilk daqiqalardanoq "SHeffild" oldinga o'tishga harakat qilishmoqda. Ammo, ish darvozaga zarba berishgacha etib bormayapti.

1. O'yin boshlandi!

- Assalom aleykum "Championat.asia" o'quvchilari. Tez orada boshlanadigan APL doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "SHeffild Yunayted" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика