Shaymanov va Shixov AGMK bilan shartnoma imzolashga yaqin

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2019, 11:27
Kuni kecha AGMK jamoasi futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi.

Dastlabki tibbiy ko'rikda jamoa tarkibida shug'ullanayotgan 24 nafar futbolchi ishtirok etdi. Bu haqda AGMK klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiy ko'rikdan o'tganlar orasida Shahzod Shaymanov, Sanat Shixov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo'ldoshev, Mirg'iyos Sulaymonov, Akbar To'raev, Murodjon Toshmatov kabi yangi futbolchilar bor.

Jamoa tarkibida shug'ullanayotgan futbolchilar bilan shartnoma imzolanish arafasida.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia