So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

SHaykulov va Abduxoliqov diskvalifikaciya qilindi, "Navbahor" mamuri jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasi Yangiliklar

SHaykulov va Abduxoliqov diskvalifikaciya qilindi, "Navbahor" mamuri jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Coca Cola Superligasi

“So'g'diyona” — “Neftchi”

O'zbekiston Superligasining qoldirilgan 16-tur o'yini — “So'g'diyona” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar vakili Daniel Nasriddinov oyog'ining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Daniel Nasriddinovga (“So'g'diyona”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlari” — “Qizilqum”

O'zbekiston Superligasining 19-turidan o'rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Qizilqum” bahsi yakunlanganidan so'ng mezbon jamoa mamuri Abror Karimov raqib o'yinchilarining oldiga yugurib kelib, o'zini agressiv tutgan va ommaviy tartibsizlik vujudga kelishiga sabab bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abror Karimovga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Metallurg” — “So'g'diyona”

Coca-Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan “Metallurg” — “So'g'diyona” bahsining 90+8 daqiqasida “So'g'diyona” futbolchisi Iskandar SHaykulov raqib o'yinchisining oyoq qismiga butsasining tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Iskandar SHaykulovga (“So'g'diyona”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Metallurg”

O'zbekiston Superligasining 20-turidan o'rin olgan “Qizilqum” — “Metallurg” bahsining 90+6 daqiqasida mezbonlar vakili Temurxo'ja Abduxoliqov to'p uchun kurashda raqib darvozabonining yuz qismiga zarba berganiligi uchun maydondan chetlatilgan. Uchrashuv yakunlanganidan keyin mezbon jamoa muxlislari hakamlar shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan hamda maydonga har xil buyumlar uloqtirishgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Temurxo'ja Abduxoliqovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi. SHuningdek, “Qizilqum” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi. Yuqoridagi holat takrorlansa, kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o'tkazilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.


Birinchi liga

“Andijon-2” — “Qizilqum farm”

Birinchi liga 16-turidan o'rin olgan “Andijon-2” — “Qizilqum farm” uchrashuvining 36-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Fayzullo Nurmuhammadov uchrashuv to'xtatilgan paytda butsasining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog'ini bosganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, “Qizilqum farm” futbolchisi SHahzod Soibnazarov raqibiga oyog'i bilan zarba bergani uchun va qizil kartochka bilan jazolangan. Uchrashuvning 42-daqiqasiga kelib esa “Andijon-2” jamoasi futbolchisi Abubakr Rejabboev raqib futbolchisi oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergan va u ham maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Fayzulla Nurmuhammadov (“Andijon-2”) va SHahzod Soibnazarovga (“Qizilqum farm”) nisbatan 3 ta, Abubakr Rejabboevga (“Andijon-2”) nisbatan esa 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qumqo'rg'on-1977” — “SHahrixonchi”

Birinchi liga 20-turidan o'rin olgan “Qumqo'rg'on-1977” — “SHahrixonchi” uchrashuvining 84-daqiqasida mezbonlar vakili Mamurbek Nasriev butsasining tag qismi bilan raqibining son qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mamurbek Nasrievga (“Qumqo'rg'on-1977”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor farm” — “Aral”

Birinchi liga 21-turidan o'rin olgan “Navbahor farm” — “Aral” uchrashuvining 89-daqiqasida “Aral” jamoasi direktori Azamat Allaniyazov texnik zonani tark etib, bosh hakamga o'z etirozlarini bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azamat Allaniyazovga (“Aral”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Yunired” — “Andijon-2”

Birinchi ligadan o'rin olgan “Yunired” — “Andijon-2” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon-2” jamoasi futbolchisi Aziz Usmonov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aziz Usmonovga (“Andijon-2”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“CHig'atoy” — “Yunired”

Birinchi liga 21-turidan o'rin olgan “CHig'atoy” — “Yunired” uchrashuvining 14-daqiqasida Jamshid Zaripboev va Firdavs Pardaboevlar o'zaro agressiv harakat qilib, bir biriga zarba berishgan. Bosh hakam ularning har ikkisini maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jamshid Zaripboev (“CHig'atoy”) va Firdavs Pardaboevga (“Yunired”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor farm” — “Aral”

Birinchi liga 21-turidan o'rin olgan “Navbahor farm” — “Aral” uchrashuvi yakunlanganidan so'ng mezbonlar shifokori Alisher Yuldashev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Alisher Yuldashevga (“Navbahor farm”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Surxon” — “Lokomotiv”

U-19 chempionati doirasidagi “Surxon” — “Lokomotiv” bahsining 45-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Farruh Qurbonov raqib futbolchisini urganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, jamoa bosh murabbiyi Sadriddin Abdullaev 89-daqiqada texnik zonani tark etib, bosh hakamga etirozlarini bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Farruh Qurbonovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi. SHuningdek, jamoa bosh murabbiyi Sadriddin Abdullaevga nisbatan esa 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Metallurg” — “Nasaf”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Metallurg” — “Nasaf” bahsida mehmonlar futbolchisi Samandar Sodiqov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Samandar Sodiqovga (“Nasaf”)  nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Lokomotiv”

U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Surxon” — “Lokomotiv” bahsida mezbonlar futbolchisi Botir Ro'ziev raqib jamoa bosh murabbiyi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Botir Ro'zievga (“Surxon”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Olimpik”

U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Surxon” — “Olimpik” bahsining 38-daqiasida mehmonlar futbolchisi Usmon Ikromov oyog'ining tag qismi bilan raqib futbolchisi oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Usmon Ikromovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Turon” — “Paxtakor”

U-19 chempionatining 17-turi doirasidagi “Turon” — “Paxtakor” bahsida mehmonlar futbolchisi Saidumarxon Saidnurullaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Saidumarxon Saidnurullaevga (“Paxtakor”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “So'g'diyona”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Surxon” — “So'g'diyona” bahsida mehmonlar futbolchisi Asadbek Boliev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asadbek Bolievga (“So'g'diyona”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


AGMK — “Mashal”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi AGMK — “Mashal” bahsining 73-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Behruz Ismoilov raqib darvozaboni Davronbek Rahmonovga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Darvozabon esa bunga javoban Ismoilovning oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. SHundan keyin Behruz Ismoilov raqibining yuz qismiga zarba bergan va qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Behruz Ismoilov (AGMK) va Davronbek Rahmonov (“Mashal”)ga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Nasaf” — “Turon”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Nasaf” — “Turon” bahsining 70-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Javohir Utamurodov raqibiga qarata ataylab to'p otgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javohir Utamurodovga (“Nasaf”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Andijon”

U-19 chempionatining doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” bahsining 52-daqiqasida mezbonlar vakili Mirziyo Atakulov raqibini qasddan tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek,  o'yinning 90+5 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asilbek Aysarov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirziyo Atakulov (“Qizilqum”) va Asilbek Aysarovning (“Andijon”) har ikkisiga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Zomin” — “Dinamo”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Zomin” — “Dinamo” bahsining 73-daqiqasida “Dinamo” futbolchisi Fayozjon Mavlonov to'p uchun kurashda raqib o'yinchisining oyoq qismiga kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, 90-daqiqada mezbonlar futbolchisi Akramjon Saparboev uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib futbolchisiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Fayozjon Mavlonovga (“Dinamo”) nisbatan 2 ta, Akramjon Saparboevga (“Zomin”) nisbatan esa 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Nasaf” — “Bunyodkor”

U-19 chempionatining 18-turi doirasidagi “Nasaf” — “Bunyodkor” bahsida poytaxt jamoasi futbolchisi Sardorbek Rahimov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sardorbek Rahimovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Yangier” — “Qo'qon-1912”

U-19 chempionatining 20-turi doirasidagi “Yangier” — “Qo'qon-1912” bahsida mehmonlar futbolchisi Islomjon Matfazilov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Islomjon Matfazilovga (“Qo'qon-1912”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


Ayollar Oliy ligasi

“Bunyodkor-W” — “So'g'diyona-W”

O'zbekiston ayollar Oliy ligasining 15-turidan o'rin olgan “Bunyodkor-W” — “So'g'diyona-W” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Dilrabo Asadova bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Dilrabo Asadovaga (“Bunyodkor-W”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


U-16 ayollar chempionati

Birinchi liga musobaqasida “Andijon W” jamoasi tarkibida ro'yxatdan o'tkazilgan futbolchilar O'FA qoshidagi Ayollar U-16 chempionatida “Turon U-16” jamoasi tarkibida ro'yxatdan o'tkazilib, Ayollar U-16 chempionatida 3 ta uchrashuv o'tkazgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Andijon” va “Turon” klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi. SHuningdek, “Andijon W” jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Abdullaev va “Turon U-16” jamoasi bosh murabbiyi Xurshid To'ychibievga nisbatan 2022-yilgi mavsum oxirigacha futbol faoliyatidan diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

Qarorga ko'ra, “Turon U-16” jamoasi o'tkazgan uchrashuvlar natijalari bekor qilinib, raqib jamoalariga texnik g'alabalar yozilishi belgilandi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика