SHayh Salmon Osiyo CHempionati uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildirdi
22 fev 2016 16:10
Yangiliklar


SHayh Salmon Osiyo CHempionati uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildirdi
Kecha futzal bo'yicha XIV Osiyo CHempionati yakunlandi.
Turnir g'olibligi Eron terma jamoasiga nasib etgan bo'lsa, O'zbekiston, Tailand, Vetnam hamda Avstraliya terma jamoalari JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayh Salmon bin Ibrohim al Halifa ushbu terma jamoalarni barchasini tabrikladi va yuqori saviyadagi tashkilotchilik uchun O'zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
"Eron terma jamoasini chempionlik bilan tabriklayman. JCHda Osiyo sharafini himoya qiladigan beshta kuchli terma jamoaga ega ekanligimizdan xursandman.
Turnir muvaffaqiyatli tarzda tashkil qilindi. Buning uchun mahalliy tashkilotchilarga, O'zbekiston futbol federaciyasiga minnatdorchilik bildiraman", - deyiladi OFK prezidenti bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar