“SHaxtyor” Mudrikning narxida qatiy qoladi
22 sen 2022 14:03
Yangiliklar


“SHaxtyor” Mudrikning narxida qatiy qoladi
Doneckning “SHaxtyor” klubi so'nggi paytlarda Evropaning bir qator top-klublari etiboriga tushgan Mixail Mudrikning narxini pasaytirmaydi.
“Arsenal” futbolchining agentlari bilan transfer borasida bog'langan. Ammo Ukraina tomoni 50 mln evrodan kamiga futbolchisini qo'yib yubormoqchi emasligini bildirgan. U yozgi oynadayoq “to'pchilar” safiga borib qo'shilishi mumkin edi. Biroq o'shanda ham tomonlar transfer summasiga kelisha olishmagan.
21 yoshli vinger chorshanba oqshomida SHotlandiya termasiga yirik 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan Ukraina tarkibida harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar