"SHaxtyor" futbolchisi jiddiy jarohat olib, 9-12 oyga safdan chiqdi
07 okt 2021 00:35
Yangiliklar
"SHaxtyor" futbolchisi jiddiy jarohat olib, 9-12 oyga safdan chiqdi
"SHaxtyor" forvardi Lassina Traore ECHL doirasida "Inter"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Doneckliklar bosh shifokori Artur Glushenko 20 yoshli futbolchining holati haqida gapirdi.
"Traorening tizzasi juda jiddiy jarohatlangan. 2 haftadan keyin uni operaciya qilishadi. Hozir uni bunga tayyorlayapmiz. Uning tizza sohasidagi ishishni qaytishini kutishimiz kerak. Traorening safga qaytishi 9-12 oydan keyin bo'lishi mumkin", - dedi shifokor.
Traore "SHaxtyor"da endi birinchi mavsumini o'tkazayotgandi. Iyulda uning transferi uchun klub "Ayaks"ga 10 million evro to'lagandi. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 9 gol urishga ulgurgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar