"SHaxtyor" etakchisi Italiya chempionatiga o'tishi mumkin
10 iyu 2019 15:00
Yangiliklar


"SHaxtyor" etakchisi Italiya chempionatiga o'tishi mumkin
Doneckning "SHaxtyor" klubi qanot yarim himoyachisi Marlos mavsumlar oralig'ida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Asli braziliyalik bo'lgan Ukraina terma jamoasi futbolchisining xizmatlariga Italiyaning "Udineze" jamoasi qiziqmoqda. Ular futbolchini jamoadan ketishi mumkin bo'lgan argentinalik Rodrigo de Pol o'rniga nomzod sifatida ko'rishmoqda.
Xabar qilinishicha, "oq-qoralar" xo'jayini Marlosning transferi uchun 10 million evro ajratishga tayyor.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar