So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  8 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

"SHaxsiy faoliyatimdan ham oldin "Nasaf"ga yordam berish haqida o'ylayapman" - SHerzod Nasrullaev Yangiliklar

"SHaxsiy faoliyatimdan ham oldin "Nasaf"ga yordam berish haqida o'ylayapman" - SHerzod Nasrullaev

"Nasaf" jamoasi OCHL 1/8 finalida 19 fevral kuni Qatarda Saudiya Arabistoning "Al SHabab" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun "ajdarlar" ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib turibdi. Mazkur yig'in va "Al SHabab" haqida "Nasaf" futbolchisi SHerzod Nasrullaev to'xtalib o'tdi. 

"Turkiyaga jamoalar yaxshi sharoitlarda shug'ullanish, ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish uchun kelmoqda. Qarshida asosan futzalga moslashgan zalda mashg'ulot olib bordik. SHu tomoni biroz qiyinchilik tug'dirdi. Bor maqsad shu, tamom. Bilasiz o'zimizda ob-havo sabab tabiiy maydonlarda shug'ullana olmaysiz. 

Tayyorgarlik jiddiy olib boryapmiz. Bor etiborimiz "Al SHabab" bilan o'yinga qaratilgan. Imkon qadar tezroq sport formamizni ko'tarib olishimiz kerak.   

SHaxsiy faoliyatimga kelsak, yana o'sishim lozim. Bugungi kunda "Nasaf"ga barcha musobaqalarda g'olib chiqishiga yordam berish haqida o'ylayapman",- deydi SHerzod Nasrullaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика