So’nggi yangiliklar

07:00Суперлига. ОКМК 10 киши бўлиб камбек қилди, "Машъал" сўнгги дақиқаларда ғалаба қозонди, "Пахтакор" эса сафарда ютқазди  0 02:53Элит ОЧЛ. Энг яхшилар аниқланди  4 02:44"Машъал" "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:37Ла Лига. "Барселона" камбэк эвазига меҳмонда "Вальядолид"ни таслим этди  123 02:31Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Вольфсбург"ни йирик ҳисобда таслим этди  0 02:00А Серия. "Наполи" ва "Интер" рақибларини минимал ҳисобда мағлуб этди  1 00:49Февзи Давлетов: "Пахтакор" биз кутгандай ўйнади, барча режаларимиз иш берди"  3 23:41РПЛ. "Рубин" меҳмонда "Краснодар"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" финалда "Кавасаки Фронтале"ни мағлуб этиб, чемпионликка эришди!  20 23:09Туркия Суперлигаси. "Галатасарой" "Сивасспор"га қарши ўйинни биринчи бўлимдаёқ ҳал қилди, Турғунбоев захирада қолдирилди  1 23:05Педру Морейра: "Ўзбекистон чемпионати осон эмас. Йигитларим бугунга ўйинда охиригача ҳаракат қилиб, характер кўрсатишди"  24 22:52Миржалол Қосимов: "Яратганга шукр, бизни ҳаракатимизга яраша мукофотлади"  13 22:41Александр Хомяков: "Ҳафсалам пир бўлди"  54 22:38ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Араз" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев биринчи бўлимнинг ўзида захирада майдонга тушди ва сариқ карточка олди  0 22:34Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Страсбур"га мағлуб бўлди  5

SHavkat Salomov: Surxonga o'tganim sababi Buxoroda 2-3 kishi meni ko'rishni istamadi Yangiliklar

SHavkat Salomov: Surxonga o'tganim sababi Buxoroda 2-3 kishi meni ko'rishni istamadi

Termizning “Surxon” jamoasi mavsumni yaxshi boshlab, ayni damda turnir jadvalida peshqadam “Paxtakor”dan keyingi 2-o'rinni egallab turibdi.

So'nggi turda Surxondaryo klubi Jizzaxda “So'g'diyona”ni yirik hisobda mag'lub etdi. Ushbu bahs qahramoniga aylangan “Surxon” etakchisi SHavkat Salomov bilan o'yindan keyin intervyu uyushtirdik. Suhbat davomida tajribali yarimhimoyachi «Paxtakor» bilan o'yin va bir qator savollarga javob berdi.

- SHavkat, “Surxon”ning “So'g'diyona” ustidan yirik hisobda zafar quchishini ko'pchilik kutmagandi...

- Bu futbol, unda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Safardagi g'alabamiz bilan butun Surxondaryo ahlini tabriklayman. 0:3 hisobli g'alabaga qaramay, o'yin biz uchun oson emas, ancha qiyin bo'ldi. Jizzaxda yaxshi jamoa shakllangan, ammo bugun biz murabbiylar ko'rsatmasini 100 foizga to'g'ri bajarib, raqibdan ustunlik qildik. Bizni stadionda tinmay qo'llab-quvvatlagan termizlik muxlislarga katta rahmat deyman. G'alabamizga ularning hissasi katta bo'ldi.



- Qaysi biri quvonarliroq - dubl qayd etganingizmi yoki jamoa g'alabasi?
- Men uchun eng quvonarlisi, jamoamiz o'yini o'yindan-o'yinga yaxshilanib borayotganligi. Etibor bergan bo'lsangiz, 1- va 2-turdagi “Metallurg” va “Dinamo”ga qarshi o'yinimizga nisbatan bugun ancha yaxshi o'ynadik, yigitlarimiz tobora bir-birini yaxshi tushunib borishmoqda. Jamoamiz yangi, adashmasam, to'liq tarkibda mashg'ulotlar o'tkazayotganimizga 40 kundan oshmadi. Yana 4-5 ta o'yindan keyin “Surxon” o'yini yanada shakllanishiga shubham yo'q.

- 0:3 hisobli kutilmagan natija aynan nimaning evaziga qo'lga kiritildi? Qarshi hujum taktikasi evazigami?
- “So'g'diyona”ni yirik hisobda mag'lub etganimizni kutilmagan natija deb hisoblamayman. Debyutant bo'lsak-da, tarkibimiz o'ziga yarasha kuchli, Jizzaxga faqat g'alaba uchun kelgandik. Qarshi hujumlarda raqibni jazolay oldik. Ishtiyoq kuchli edi bizda.

- Bosh murabbiy Andrey Miklyaev o'yin oldi qanday ko'rsatma bergan edi?
- Safarda bo'lganimiz uchun himoyadan o'ynashga harakat qildik, qarshi hujumda esa raqibni jazolash rejamizda bor edi. Murabbiylarimiz xuddi uyda o'ynayotgandek, to'pni o'zimizda saqlab, o'z o'yinimizni ko'rsatishni so'rashgandi.



- Gollaringiz ancha chiroyli chiqdi. Ayniqsa, uzoqdan yo'llangan 1-golingiz...
- O'sha vaziyatda ko'pchilik meni to'pni jarima maydoniga oshiradi deb o'ylagan bo'lsa kerak. Men esa kutilmagan zarbani amalga oshirdim, omadim keldi hisobni ochdim. Ikkinchi va uchinchi golimiz esa butun jamoaning tezkorligi va hamjihatligi evaziga kiritildi.

- “Xet-trik” qilishingiz mumkin edi, ammo bo'sh darvozaga gol urmay, SHerzod Hakimovga oshirdingiz...
- U yanada qulay vaziyatda edi, shu bois o'zim emas, hujumchimiz gol urishini ko'proq istadim. SHerzod oldingi ikkita turda ham gol urgandi.

- Navbatdagi turda “Surxon” Termizda “Paxtakor”ga qarshi to'p suradi. Peshqadam jamoaga qarshi oson bo'lmaydi...
- “Paxtakor” bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Bunday raqibga qarshi o'yin biz uchun ham jiddiy sinov bo'ladi. O'ylaymanki, barchamiz yurakdan o'ynasak, murabbiylar ko'rsatmasini to'g'ri bajarsak, “Paxtakor”ni mag'lub etib muxlislarni quvontirishimiz mumkin.

- Uchta o'yindan keyin jamoalar o'rtasidagi saviya borasida qanaqadir xulosa qilish mumkinmi?
- Yo'q, ayni damda biz kim bilan o'ynagan bo'lsak, barchasi tengkuchli jamoalar bo'ldi. Masalan, “Metallurg” bilan 1:1 o'ynadik, “Dinamo”ni 1:0 yutdik, “So'g'diyona”ni 0:3 hisobida mag'lub etgan bo'lsak-da, barcha jamoalar tengkuchga ega deb o'ylayman. Menimcha, 7-8-turdan so'ng jamoalarning haqiqiy kuchi va imkoniyati ko'rina boshlaydi. CHunki o'sha o'yinlarda jamoaning zaxirasi qay daraja kuchli ekanligi bilinadi.

- “Surxon” oldiga rahbariyat tomonidan qanday vazifa qo'yilgan?
- Eng birinchi maqsadimiz har o'yinda g'alaba qozonib, “Surxon” mavqeini tiklashdan iborat. Klub oldiga qo'yilgan bosh vazifa haqida aniq gapirishni istamasdim. Har o'yinda imkonqadar o'z ishimizni yaxshi bajaraversak, ko'zlangan maqsadimizga erishamiz.



- Eshitishimizcha, mavsum oldi “Surxon”ga yangi futbolchilar chaqirilayotganda ularga jamoa Pro-Liga emas, Superligada o'ynashi aytilgan. Bu borada sizga ham oldinroq taklif bilan chiqilganida Superligada o'ynashingiz aytilganmidi?
- Bu borada xabarim yo'q. SHaxsan o'zimga taklif bilan chiqilganida ham, dastlabki og'zaki kelishuvga erishganimizda ham allaqachon “Surxon”ning Superligada chiqqanligi rasman elon qilingan edi. Ungacha esa “Buxoro”ni tark etganimdan keyin “Bunyodkor”da mashg'ulotlarda ishtirok etayotgandim.

- Sobiq jamoangiz “Buxoro” mavsumni yaxshi boshlay olmadi. Buxorolik futbolchi sifatida nega “Buxoro” safida qolmadingiz? Jamoani tark etishingiz Ulug'bek Baqoevning ketishi yoki uning o'rniga Baxtiyor Ashurmatov tayinlanishi bilan bog'liqmi?
- Yo'q, aslo bunday emas. Aksincha, “Buxoro”da qolishimni muxlislar juda ko'p so'rashdi, qolaversa Baxtiyor aka Ashurmatov tayinlanganlaridan keyin suhbatlashganimizda, “Buxoro”da chaqirgandilar, ularga rahmat. Ammo, “Buxoro” klubida 2-3 ta shaxslar borki, meni jamoada ko'rishni xohlamadilar. Ular futbolni juda yaxshi tushunarkanlar, omadlarini bersin. Masalan, Ulug'bek Baqoev jamoadan ketganidan so'ng, “Buxoro”da SHuhrat Fayzievni qo'yishgach, bir kishi ham telefon ham qilmadi, “SHavkat qaerdasan, jamoaga kelasanmi?” – deb so'ramadi ham. Yil boshida Baxtiyor Azamovich bosh murabbiyga aylangach, darhol telefon qilib, jamoaga chaqirdilar. Ammo, u kishiga ochig'ini gapirib, “Baxtiyor aka, men “Buxoro”ga boraman, ammo u erda 2-3 kishi meni ko'rishni istamaydi, ular futbolni juda yaxshi tushunar ekan, mayli o'zlari bilganicha ish ko'rishsin. Taklif uchun rahmat, ammo uzr, meni ko'rishni xohlamaydigan joyga men borolmayman” - deb to'g'risini aytdim. Sababi, men qaerga hurmat qilib chaqirgan, meni ko'rishni istagan joyga boraman. Ammo, men 19 yildan buyon futbolda bo'lsam-u, futbolga bir oy kelib, mendan yaxshiroq tushunishlarini aytaverishsa, unda ularga omad tilayman. Buxorolik muxlislardan esa minnatdorman, ular meni doim qo'llab-quvvatlashgan, ulardan uzr so'rayman. Meni tarbiyalagan “Buxoro” jamoasi o'yinlariga befarq emasman, sobiq jamoamga omad tilayman.

Usmon IBODOV suhbatlashdi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика