SHavkat Salomov milliy terma jamoa yig'iniga jalb etildi
12 noy 2013 10:57
Yangiliklar


SHavkat Salomov milliy terma jamoa yig'iniga jalb etildi
Milliy terma jamoamizning Osiyo Kubogi-2015 saralash doirasidan o'rin olgan Vetnamga qarshi kechadigan bahsiga tobora oz fursat qolmoqda.
10 noyabr kuni yig'ilgan terma jamoamiz bo'lajak o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda. SHu bilan bir qatorda tarkibda ham o'zgarishlar uchrab turibdi.
Xususan bu yilgi mavsumni Qozog'iston chempionatida o'tkazgan SHavkat Salomov murabbiylar shtabi tomonidan milliy terma jamoa yig'iniga jalb etildi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
Qozog'istonning "Jetisu" klubi futbolchisi SHavkat Salomov milliy terma jamoaga jalb etildi va Vetnam hamda Gonkongga uchadigan bo'ldi – deya yozadi O'FF rasmiy tvitter akkaunti.

Fikrlar