So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  3 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  9 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  4 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

SHavkat Saidov: “Obod” hali ko'p jamoalarning kuragini erga tekkazishiga ishonaman” Yangiliklar

SHavkat Saidov: “Obod” hali ko'p jamoalarning kuragini erga tekkazishiga ishonaman”

“Metallurg” – “Obod” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Metallurg” FK jamoa boshlig'i SHavkat Saidov ishtirok etdi:
- “Obod” jamoasi bilan uchrashuv og'ir kechishini bilgandik. Boisi bu jamoaga qarshi mavsum arafasida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushib ikkalasida ham imkoniyatni boy bergandik. Bundan tashqari poytaxtliklarning bir qator o'yinlarini ko'rib chiqdik. Ularning o'ziga xos, shijotli harakatlarini kuzatib, to'g'risi “So'g'diyona”, “SHo'rtan” kabi raqiblarimizdan-da ortiqroq cho'chidik. Xudoga shukur, bugun bolalar o'z zimmalaridagi vazifani sharaf bilan uddalashdi. Yuzimiz yorug' bo'ldi. Buning uchun futbolchilarimizning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, butun o'yin davomida bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizni ham irodali g'alaba bilan tabriklayman.

Uchrashuvdan oldin murabbiylarimiz “Obod” futbolchilarining olis masofadan kuchli zarbalar berishi borasida ko'rsatma bergandik. Ayniqsa Sanjar To'raqulovni yopish haqida takidlagandik. Biroq birinchi daqiqadayoq uning darvozani nishonga olib qolishini to'g'risi futbolchilarimiz kutishmadimi, gol o'tkazib yubordik. Zafar Safoev ham himoyachilar panasida to'pning yo'nilishini kech payqab qoldi.

“Obod” jaomasining uydagi va safardagi o'yinlarini kuzatib, futbolimiz o'ziga xos ishtiyoqqa ega klubga ega bo'layotganligiga amin bo'lgandik. Bugun bu yana bir marta o'z isbotini topdi. “Obod” hali ko'p jamoalarning kuragini erga tekkazishiga ishonaman. Oliy ligada jon saqlab qolish u yoqda tursin, bemalol kuchli o'ntalikka kirishga qodir jamoa deb o'ylayman. Jamoaning murabbiylar shtabi ham to'g'ri yo'lni tanlashgan va bu yo'lda men ularga omad yor bo'lishini tilayman”, - deydi SHavkat Saidov.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика