SHavkat Saidov: "Natija o'yinga mos bo'lmadi"
30 sen 2015 18:37
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Natija o'yinga mos bo'lmadi"
“Metallurg” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar jamoa boshlig'i SHavkat Saidov qatnashdi.
"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Futbolchilarim maydonda bor kuchlari bilan harakat qildi. Natija o'yinga mos bo'lmadi. Bugungi uchrashuv ko'proq durangga loyiq bo'ldi deb o'ylayman. Tarkibimizdagi bir qator yo'qotishlar o'z tasirini ko'rsatdi. Ayubxon No'monov, SHahzodbek Nurmatov kabi etakchilarimiz yo'qligi bizga pand berdi", - deya o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi SHavkat Saidov.
- Mavsum so'nggiga qadar siz jamoani boshqarib borasizmi?
- Bu masala yaqin kunlar ichida klub yig'ilishida hal bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar