SHavkat Saidov: "Nasaf" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman"
27 may 2017 12:02
Yangiliklar
SHavkat Saidov: "Nasaf" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman"
"Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Dastavval mezbonlar jamoa boshlig'i SHavkat Saidov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - “Nasaf” mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri. SHu boisdan ham uchrashuvni ikkinchi raqam ostida o'tkazdik. Fursatdan foydalanib, ilk daqiqalardan oxirgi soniyalargacha barcha ko'rsatmalarni alo darajada bajargan barcha futbolchilarga minnnatdorchilik bildirmoqchiman. To'p nazorati bo'yicha ustunlik mehmonlar tomonida bo'lsa-da, xavfli vaziyatlarni yaratishda biz ustunlik qildik.
Bugungi g'alaba futbolchilarimiz ruhiyatini ko'tarishga yordam beradi deb ishonaman. SHu tempda uchrashuvlarni davom ettirsak, o'ylaymanki, tez orada o'zimiz uchun ko'ngilsiz bo'lgan pog'onalarni tark etib, yuqoriroqqa ko'tarilib olamiz. “Nasaf” jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman, deydi SHavkat Saidov.
"Metallurg" matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar