SHavkat Saidov: “Metallurg” futbolchilarini tanib bo'lmayapti"
30 apr 2017 17:30
Yangiliklar
SHavkat Saidov: “Metallurg” futbolchilarini tanib bo'lmayapti"
“Metallurg” – “Buxoro” jamoalari uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar jamoa boshlig'i ishtirok etdi.
SHavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - To'g'risini aytsam jamoaning ayni paytdagi ahvoli bizni juda tashvishlantirayapti. Qishqi yig'indagi holatning yarmiga ham ko'tarilolmayapmiz. Na darvozabonlarni, na himoyachilarni, yarim himoyachilar va hujumchilarimizni ham tanib bo'lmayapti. Futbolchilar olti-etti yildan buyon bitta tarkibda o'ynab kelishayotgan bo'lsa-da, bu mavsum xuddi yangidan tuzilgan komandaga o'xshaymiz. Ketma ket mag'lubiyatlar futbolchilarning ham, murabbiylarning ham ruhiyatini ancha sindirib qo'ydi. Ehtimol tarkibga “yangi qon quyilishi” kerakmikin? Albatta, murabbiylar shtabi qarab turgani yo'q. Biz bu omadsizlik botqog'idan chiqib ketish yo'lini axtarayapmiz. Muxlislarimiz bizga ishonishlarini istardim. Bizning ko'chamizda hali albatta bayram bo'ladi.
"Metallurg" matbuot xizmati
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
19:18
"Yigitlarga motivaciya berish shart emasdi, chunki titul o'rtaga tikilgandi" - Nodir Eliboev 0
18:59
BMB "Metallurg" darvozasiga 14 ta(!) to'p kiritdi va ketma-ket 3-marta O'zbekiston chempioni bo'ldi! 2
Fikrlar