So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  1 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  7 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

SHavkat Saidov: "Mazkur g'alabalar Bekobod ahli va Metallurgiya kombinatining yutug'i" Yangiliklar

SHavkat Saidov: "Mazkur g'alabalar Bekobod ahli va Metallurgiya kombinatining yutug'i"

"Metallurg" - "SHo'rtan" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar jamoasi boshlig'i SHavkat Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Dastlabki ikki uchrashuvini boy bergan “SHo'rtan” Bekobodga jiddiy tayyorgarlik bilan kelishini kutgandik. SHunga yarasha futbolchilarning ham jismoniy, ham ruhiy tayyorgarligiga katta etibor qaratdik. O'z navbatida muvaffaqiyatga erishishimizda tezkor ravishda kiritilgan gollar qaysidir manoda yordam berdi. SHuningdek, biroz xotirjamlikka berilishimiz oqibatida bu holat biz uchun salbiy xizmat ko'rsatishiga ham bir bahya qoldi. Vaqtida o'yinchilarni almashtirishda yanglishmadik. Yana tashabbusni qo'lga olib, uchinchi golni kiritdik.

Garchi, uchrashuv so'nggida g'uzorliklar penaltidan farqni qisqartirishga erishgan bo'lsa-da, g'alabani saqlab qolishimizga shubha qilmagandim. Ketma ket yutuqlar bilan muxlislarmizga katta xursandchilik ulashgan o'yinchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bu zafarli yurishlarimiz bardavom bo'lishini istab qolamiz. SHu o'rinda mazkur g'alabalar faqatgini “Metallurg”niki emas, balki Bekobod ahli, Metallurgiya kombinatining yutug'i deb bilaman. Zero ularning qo'llab-quvvatlashlarisiz biz bunday ijobiy natijalarga erishmagan bo'lardik, - deydi SHavkat Saidov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика