So’nggi yangiliklar

14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  0 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  2 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  39 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4

SHavkat Saidov: “Hisob o'yinga mos bo'ldi” Yangiliklar

SHavkat Saidov: “Hisob o'yinga mos bo'ldi”

“Qizilqum” - “Metallurg” uchrashuvidan so'ng, birinchi bo'lib mehmonlar jamoa boshlig'i SHavkat Saidov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugungi uchrashuv juda qiyin o'tishini avvaldan bilardik, - deya so'z boshladi SHavkat Nematovich. - Navoiyga jamoamiz tarkibda jiddiy yo'qotishlar bilan tashrif buyurdi. Turli sabablarga ko'ra, asosiy tarkib o'yinchilaridan besh nafari  “Qizilqum”ga qarshi maydonga tusha olmasdi. SHunga qaramay, yigitlar bugun shijoat bilan to'p surishdi. Qolaversa, oxirgi uchrashuvlardagi omadsizlikdan so'ng, safardan ochko bilan uyga qaytish juda yoqimli.

- Butun o'yin davomida har ikki jamoada ham golga tortadigan ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Aksariyat vaziyatlarda darvozabonimiz jamoamiz joniga oro kirgan bo'lsa, ayrim holatlarda himoyachilarimiz ham o'z o'rnilarida bexato harakat qilishdi. Yigitlarimiz xatti-harakatidan qoniqdim.

- Uchrashuv oldidan himoyachilarimizni ehtiyotkorona harakat qilishlarini tayinlagandim. CHunki “Qizilqum” tarkibida chempionat to'purari Bahriddin Vahobov istalgan vaqtda raqibni qiyin vaziyatga solib qo'yishi mumkin edi. Himoyachilarimiz ko'rsatmalarimizni to'liq amalga oshirib, Bahriddinning o'zi istaganidek erkin harakat qilishiga yo'l qo'yishmadi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi hisob o'yinga mos bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика