Shavkat Raimqulov "Buxoro" ko'rigida

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2014
"Neftchi" lagerini tark etgan Raimqulov uzoq vaqt jamoasiz qolmadi va "Buxoro" yig'iniga borib qo'shildi.
"Buxoro" klubi sport-direktori Gennadiy Kochnevning "SA"ga xabar berishicha, Shavkat Raimqulov kuni-kecha jamoa ko'rigida ishtirok etish uchun "Buxoro"ga kelgan.

Faoliyati davomida "Traktor", "Navbahor", "Andijon", "Bundyokor", "Nasaf", "Sho'rtan" hamda "Oq-tepa" kabi jamoalarda o'ynagan futbolchining aynan "Buxoro"ga borgani bejiz emas albatta. Sababi Raimqulov ilgari "Andijon" va "Sho'rtan" klublarida aynan buxoroliklarning hozirgi ustozi Edgar Gess bilan birga ishlagan.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia