So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Исакни жаримага тортади  0 15:32"Футбол олами". "Нефтчи" - "Насаф"ни мағлуб этди, водий дербисида "Андижон" "Навбаҳор"га ютқазди  0 15:29"Динамо" дарвозасига белгиланмаган пенальти, "Сурхон"нинг ҳисобга олинмаган голи. Суперлиганинг 18-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 15:08Франк Рибери, Роберто Карлос, Каннаварро, Матерацци ва бошқалар Ўзбекистонга келмоқда   7 15:05Каземиро "Манчестер Юнайтед" янги мавсумда АПЛ чемпионига айланади деб ҳисобламоқда  10 14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  40 14:27Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Насаф" "Ал Иттиҳод" билан сафарда ўйнайди, "Трактор" ва "Ал Ҳилол"ни Қаршида меҳмон қилади  21 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  6 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  1 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  37 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  4 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4

SHavkat Mullajonov: “SHunchaki, uyga qaytdim” Yangiliklar

SHavkat Mullajonov: “SHunchaki, uyga qaytdim”

2008-2010 yillar mavsumida Olmaliq sharafini himoya qilib, keyinchalik faoliyatini xorijda davom ettirgan SHavkat Mullajonov yana poytaxt viloyati klubi tarkibiga qo'shildi.
Saudiya Arabistoni, Qatar va Xitoy klublarida o'ynab, katta tajriba to'plagan himoyachi Olmaliqning muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shish niyatida. 2-tur o'yini oldidan Mullajonovni suhbatga tordik.

- SHavkat, suhbatimiz avvalida Metallurgga qarshi kechgan ilk uchrashuv haqidagi fikringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Mavsumni g'alaba bilan boshlash yoqim-li, albatta. Qolaversa, ilk o'yinni muhtasham, jahon andozalariga javob beruvchi yangi stadionda o'tkazdik. O'ylaymanki, o'yin ishqibozlarga manzur bo'ldi. Darvozalarga ja-mi 5ta gol urildi. Hujumkor futbol hamisha muxlislarga yoqqan. Mavsumning qolgan uchrashuvlarida ham xuddi shunday ruhda o'ynashga harakat qilamiz.



- Mavsumni Lokomotivda boshlashingiz mumkin edi. Lekin so'nggi pallada Olmaliq variantini afzal ko'rdingiz. SHkvirin jamoasini tanlashingizda nima yoki kim asosiy omil bo'lib xizmat qildi?

- Darhaqiqat, takliflar etarlicha edi. Lekin barchasini tarozuga qo'ygach, Olmaliq bilan shartnoma imzolashga qaror qildim. Menimcha, buni yangilik sifatida qabul qilmasa ham bo'ladi. SHunchaki, uyga qaytdim. 2008-2010 yillar mavsumida ham shu klub sharafini himoya qilgandim. Bu tomondan olib qaraganda, jamoa o'yiniga moslashish menga qiyinchilik tug'dirmaydi. SHu jihati maqul keldi. Zero, boshqa klubga o'tsam, yangi muhitga moslashish uchun vaqt kerak bo'lardi. Qolaversa, Igor Anatolevich bilan munosabatlarimiz alo darajada. Ke-yin kelishuvning yana bir muhim jihati borki, unga ko'ra, birinchi davradan so'ng xorij klublaridan manfaatli taklif tushsa, jamoani bemalol tark etish huquqiga egaman.

- O'zi O'zbekistonga qaytishingizga nima sabab bo'ldi? Saudiya, Qatar yoki Xitoy klublaridan takliflar bo'lmadimi?

- Autsayder va quyi liga jamoalaridan chorlov oldim. Bazi jamoalar bilan moliyaviy tomondan kelisholmadik, ayrim takliflarni o'zim rad etdim. Hali xorij klublarida yana o'ynashga ulguraman. Mavsumlar oralig'ida Lokomotiv va Paxtakor mashg'ulotlarida ishtirok etdim. Lekin yuqorida aytganimdek, bu klublar bilan shartnoma imzolashimga birinchi davradan so'ng jamoani tark etolmasligim to'sqinlik qildi. Olmaliq esa bunday imkoniyatni taqdim etdi. Mabodo taklif tushmagan taqdirda, mavsumni to'laligicha Olmaliqda o'tkazaman.

- Sir emas, legioner maqomida o'ynash baribir, ustun turadi. Qolaversa, o'sha Saudiya, Qatar, BAA, Xitoy chempionatlari kuchli legionerlar hisobiga kuchayib boryapti...



- To'g'ri, fikringizga qo'shilaman. Ammo kuchli klublardan taklif bo'lmadi. Ehtimol, ko'proq maosh taklif qilishganida, rozi bo'lib o'ynashim mumkin edi. Biroq kuchsiz jamoa safiga qo'shilib, mahoratim tushib ketishini istamadim.

- Xorijda o'ynaganingizda til masalasida qiynalmadingizmi?

- Legioner sifatida 3 yil o'ynagan bo'lsam, faqat birinchi mavsum qiynaldim. Qatar chempionatida malum muddat tarjimon xizmatidan ham foydalandim. Keyingi 2 yil bu masalada deyarli muammo tug'ilmadi. Ingliz tilini bilsangiz, dunyoning istalgan chempionatida to'p tepishingiz mumkin.

- Mana, Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoy chempionatlarida o'ynadingiz. Agar taqqoslasak, bugungi kunda sanab o'tilganlar orasida qaysi chempionat kuchliroq ko'rinyapti?


- Menimcha, Xitoyniki. So'nggi yillarda bu mamlakat ichki birinchiligi yulduz futbolchilar hisobiga kuchaymoqda. Klublar kuchli legionerlarni taklif etishlari natijasida mahalliy futbolchilar orasida ham raqobat kuchayib boryapti. Qolaversa, dunyo tan olgan murabbiy Marchello Lippi Xitoy chempionatida ishlayapti. O'tgan yili Guanjouni OCHL g'olibiga aylantirdi. Arab klublari ham asosiy etiborni xorijlik futbolchilarga qaratishyapti. Keyin arablarda mahalliylashtirilgan futbolchilar ham ko'pchilikni tashkil etishadi. Bu yilgi OCHLning ortda qolgan 2ta turini tahlil qilsangiz, legionerlarning jamoalar muvaffaqiyatidagi ulushi shundoqqina ko'rinib turibdi.

- 3 yillik tanaffusdan so'ng O'zbekiston chempionatiga qaytdingiz. Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, biror o'zgarish sezdingizmi?


- Albatta. Qaerda o'ynamay, doimiy ravishda milliy chempionatimizdagi tur o'yinlari, kubok bahslarini kuzatib bordim. Ayniqsa, o'tgan yili chempionatimizda o'zgarish ko'zga tashlandi. 3ta jamoada so'nggi turgacha chempion bo'lish uchun imkoniyat saqlanib turdi. Ochig'i, avvallari muxlislar ham, mutaxassislar ham shunday kunlar kelishini orzu qilishardi. Ishonchim komil, bu yilgi uchrashuvlar yanada qiziqarli kechadi.



- Klublarimiz mashg'ulotlari xorij jamoalarinikidan qanchalik farqlanadi?

- Katta farq bor, deyolmayman. Futbolni hamma joyda bir xil o'ynashadi. Lekin murabbiylarning o'yin uslubiga qarab, mashg'ulotlar farqlanadi. Bir jihati borki, xorij klublarida ishga professional yondashuv kuchliroq. Har bitta yo'nalish bo'yicha alohida mutaxassis ish olib boradi. Bir murabbiy 2-3 mutaxassisning ishini bajarmaydi.

- 5 mart kuni milliy jamoamiz tarkibida Osiyo kubogi-2015 saralash bosqichi doirasida BAAga qarshi uchrashuvda maydonga tushdingiz. Bu safar ham Amirlik jamoasini mag'lub etolmadinglar. Nima deb o'ylaysiz, raqib kuchlimi yoki biz uchun noqulay?


- Mavsumdagi birinchi o'yinimiz bo'lgani ham natijaga tasir o'tkazdi. Hali rasmiy uchrashuv o'tkazmagandik. BAA futbolchilari esa ichki chempionat bahslarida maydonga tushib kelishyapti. Eng katta muammolardan biri -  bu maydonning holati bo'ldi. Bunday maydonda faqat kurashish lozim. CHiroyli, kombinacion futbol namoyish etib bo'lmaydi. SHunga qaramay, birinchi bo'limda raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatlar hosil qildik. Lekin hujumlarni golga aylatirish nasib qilmadi. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimiz qovushmadi. Xayriyatki, gol qo'yib yuborganimizdan so'ng bosimni kuchaytirdik. Lekin bu harakatlar g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Agar javob to'pini ertaroq kiritganimizda, bosimning kuchi bilan g'alaba qozonishimiz hech gap emasdi. Yaxshiyamki, Osiyo kubogi yo'llanmasini muddatidan avval qo'lga kiritgan ekanmiz, aks holda, juda qiyin ahvolda qolardik...

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика