SHavkat Mullajonov: "Paxtakor"ni jamoaviy o'yin evaziga mag'lub etdik"
06 apr 2018 20:59
Yangiliklar


SHavkat Mullajonov: "Paxtakor"ni jamoaviy o'yin evaziga mag'lub etdik"
"Buxoro" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi SHavkat Mullajonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'tgan turda mag'lub bo'lganimizdan keyin bugun yutmasak bo'lmasdi. Bugun istak kuchli bo'ldi. Jamoaviy g'alabaga erishdik. Agar kimdir kurashda yutqazsa butun jamoa yutqazardi. Bugun tartibli o'ynadik. Omad ham biz tomonda bo'ldi. "Paxtakor" vaziyatlardan foydalana olishmadi. Penaltidan gol ura olishmadi, uchrashuv boshida to'p kirita olishmadi.
Muxlislarga gap yo'q. Ularga katta rahmat", - deydi SHavkat Mullajonov.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar