SHavkat Abduxo'jaev: "Surxon" asosiy tarkibini murabbiylar shtabi kelishgan holda aniqlaydi"
01 mar 2020 17:48
Yangiliklar
SHavkat Abduxo'jaev: "Surxon" asosiy tarkibini murabbiylar shtabi kelishgan holda aniqlaydi"
“Avvalo muxlislarimizdan uzr so'rayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limda raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Futbolda gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Bu mag'lubiyat o'rnini safardagi o'yinlarda g'alaba qozonib to'ldirishga va vaziyatlardan foydalanish bo'yicha yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz.
Fikrimcha, bugun ikkinchi bo'limda konsentraciyani yo'qotib qo'ydik. Raqibning qarshi hujumlarida yanada diqqatliroq bo'lishimiz lozim edi. Biz o'tirgan joydan Kasyan yiqitilganida penalti bordek tuyulgandi. Hakamlikni ko'rib chiqadigan alohida insonlar bor.
Bugun biz ko'proq hujum uyushtirdik. SHunchaki, hujumlarni golga aylantira olmadik. Agar gol urganimizda hisob bunday ko'rinish olmasdi.
Tarkibni murabbiylar shtabi kelishgan holda aniqlaydi. Yangi bosh murabbiy masalasi tez orada ko'rib chiqilsa kerak”, - dedi Abduxo'jaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar