SHavkat Abdixo'jaev: "Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz"
07 noy 2022 20:38
Yangiliklar


SHavkat Abdixo'jaev: "Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz"
Coca-Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi SHavkat Abdixo'jaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- O'tgan turlarda ko'p qimmatli ochkolarni boy berdik. Bir necha muvaffaqiyatsiz o'ynaganimiz sababi yigitlarga ozroq bosim bo'ldi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Nafaqat bugun, oldingi o'yinlarda ham vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz.
- Darvozabon Muzaffar Abdullaev o'tgan turda ham uzoq masofadan yo'llangan zarbani o'tkazib yuborgandi. Unga nisbatan etirozingiz bormi?
- Golli vaziyatda faqat darvozabonni ayblash noto'g'ri. To'g'ri, undan ham xato o'tayapti. Lekin o'sha vaziyatda biz oldinga o'tib ketishimiz ham mumkin edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar