SHartnomasi yakuniga 1 yil qolgan Artetaga Arsenal hali yangi shartnoma bermadi
04 apr 11:18
Yangiliklar
SHartnomasi yakuniga 1 yil qolgan Artetaga Arsenal hali yangi shartnoma bermadi
Arsenal ustozi Mikel Arteta shartnomani uzaytirish borasida hali hech qanday ishlar boshlanmaganini malum qildi.
«Menda shartnomam bo'yicha hech qanday yangilik yo'q. Menga hozir buning qizig'i ham yo'q, men baxtliman. SHartnomam yakuniga 1 yil qoldi, bu esa futbolda katta muddat hisoblanadi. Klub xursand, futbolchilar xursand, shuning uchun xavotirga o'rin yo'q. Men bor etiborimni keyingi o'yinlarga qaratganman, shu hozirda eng muhimi», — dedi Arteta.
Eslatib o'tamiz, Arteta 2022 yilda London jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgandi.
Fikrlar