So’nggi yangiliklar

05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  0 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  173 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0

SHarqda o'z so'zini ayta olgan "Bunyodkor" Yangiliklar

SHarqda o'z so'zini ayta olgan "Bunyodkor"

Teglar :  BunyodkorOCHL
Kecha Osiyo chempionlar ligasida yangi g'olib nomi malum bo'ldi.

Tehronda bo'lib o'tgan "Pesepolis" - "Kashima Antlers" bahsidan so'ng yapon klubi OCHL kubogini qo'lga kiritdi. SHunday qilib bosh sovrin ketma-ket ettinchi marta SHarq mintaqasiga yo'l oldi. Oxirgi marta 2011 yil G'arb vakili "Al Sadd" ushbu musobaqada zafar quchgandi. 

Kechagi o'yinda ko'rdik, "Kashima Antlers" haqiqatan kuchli jamoa ekan. Maydon egalariga hatto "Ozodi" stadioniga tashrif buyurgan 80 ming muxlis ham yordam bera olmadi. Tan olaylik, Osiyo futbolida SHarq G'arbga qaraganda ancha o'zib ketibdi. Buni oxirgi yillardagi natijalar ham ko'rsatib turibdi. Bugungi kunda ayniqsa yapon klublariga qarshi tengma-teng kurash olib borish nihoyatda qiyin bo'lib qoldi. O'tgan yil "Urava Reds" zafar quchgandi, oradan bir yil o'tib "Kashima" ham g'oliblikni nishonladi. 

G'arb klublari uchun sharqliklar bilan o'ynash oson bo'lmayapti. Ammo yaqin o'tmishda shunday jamoa bo'lardiki, qatorasiga ikki yil SHarq mintaqasida o'ynab ham guruhdan chiqa olgandi. Bu jamoa "Bunyodkor" edi. "Bunyodkor" 2012 va 2013 yilgi OCHL bahslarida SHarq mintaqasida kurashib o'zini yo'qotib qo'ymagandi. Hozir G'arbdan faqat "Al Duhayl" bilan "Al Sadd" SHarqda o'ynasa o'zini ko'rsatishi mumkin, lekin Eron, Saudiya Arabistoni klublaridan ijobiy natija kutish mushkul. 

O'z vaqtida "Bunyodkor" OFK talabiga ko'ra SHarqqa qo'yilgani bilan kuchlilar orasida yo'qolib qolmagan. Jamoa chindan ham kuchli edi. Hozirgidek pul muammosi qiynamasdi. Eng muhimi, Mirjalol Qosimov mehnatkash jamoani barpo eta olgandi. To'g'ri, bu paytga kelib tarkib super emasdi. Har holda Rivaldo jamoani tark etgan, shuningdek nomi chiqqan boshqa legionerlar ham xayrlashishga ulgurgandi. Jamoani elkasida ko'tarib yurish o'zimizning futbolchilar va ukrainalik hujumchi Oleksandr Pishur gardanida qolgandi.

2012 yil. Osiyo chempionlar ligasi. "Bunyodkor" qura ko'ra "E" guruhidan joy olgan, yani SHarq mintaqasida. "Paxtakor" bilan "Nasaf" esa G'arb mintaqasida kurash olib boryapti (Yakunda "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham guruhdan chiqa olmagan). "Bunyodkor"ning raqiblariga etibor bering: "Adelaida Yunayted" (Avstraliya), "Poxang Stilers" (Janubiy Koreya) va "Gamba Osaka" (Yaponiya). Hozir bizdan istalgan klubni mana shu jamoalar orasiga qo'ying, guruhdan chiqa olmaydi. Hatto hozirgi "Bunyodkor" ham. Lekin o'sha payt "qaldirg'ochlar" 10 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishni uddalay olishgan. 

Uy o'yinlarini "Jar" stadionida o'tkazgan "Bunyodkor" avvaliga mag'lubiyat bilan boshlaydi. Jamoa o'z maydonida "Adelaida Yunayted"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'yadi. Axir SHarqda o'ynab ketishning o'zi bo'ladimi. Lekin keyingi turda "Poxang Stilers" maydoniga safar qilgan jamoa 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytadi. To'g'risi, bunday natijani hech kim kutmagandi. Aynan 2009 yilda Janubiy Koreyaning mana shu klubi "Bunyodkor"ni OCHLdan chiqarib yuborgandi. Esingizdami, Ristichning qo'shimcha bo'limlarda kiritgan goli. O'shandan keyin u "Bunyodkor"ga o'tgandi. Pul ko'p edi-da u paytlar. 

"Bunyodkor" o'sha yili "Poxang"ni har ikkala bahsda mag'lub etgan. Yaponiyaning "Gamba Osaka" klubidan Toshkentda 3:2 hisobida ustun kelgan. Guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqqan "Bunyodkor" 1/8 finalda "Seongnam Ilva CHunma"ni 1:0 hisobida mag'lub etadi va chorak finalda o'zi bilan bitta guruhda o'ynagan "Adelaida Yunayted"ni musobaqadan chiqarib yuboradi. "Jar" stadionida kechgan bu bahsni ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Zaxiradan maydonga tushgan Alibobo Rahmatullaevga Qosimovning aytgan gaplari hamda Aliboboning 114-daqiqada urgan g'alaba goli. 

Lekin yarim finalda jamoadan omad yuz o'giradi va "Bunyodkor" Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubiga har ikkala o'yinda yutqazib qo'yadi. Toshkentda 1:3, safarda 0:2. O'shanda koreyalik hujumchi Kim SHin Vuk ikkala uchrashuvda ham "qaldirg'ochlar" darvozasiga to'p kiritgandi. Ammo hozir mag'rurlik bilan ayta olamizki, "Bunyodkor" o'sha yil chinakam sensaciya ko'rsatgandi. CHunki musobaqa boshlanmasidan oldin xavotir yo'q emasdi, axir SHarqda o'ynab jamoa boshqalarga "em" bo'lishi ham mumkin edi-da. Ammo Mrjalol Qosimovning taktik o'yini tufayli "Bunyodkor" o'z so'zini ayta olgan. 

2013 yilgi musobaqa uchun qura tashlash marosimida "Bunyodkor" yana SHarqqa tushdi. Jamoa O'zbekiston Kubogi g'olibi sifatida SHarq mintaqasiga yo'l oladi. "G" guruhiga tushgan "Bunyodkor"ning "Beyjing Goan" (Xitoy), yana "Poxang Stilers" va "Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) klublari bilan kurash olib borishiga to'g'ri kelgandi. Bu ham o'ziga yarasha murakkab guruh edi, ammo "Bunyodkor" 10 ochko bilan birinchi o'rinni egallaydi. (O'sha yil "Lokomotiv" OCHL pley-off bosqichidan o'ta olmagan, "Paxtakor" esa guruhda oxirgi o'rinni band etgan). 

"Bunyodkor" guruh o'yinlarini Yaponiyada "Sanfrechche"ga qarshi 2:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlaydi. Keyin o'z maydonida "Poxang" bilan 2:2 o'ynaydi. Qizig'i shundaki, o'sha yil "Bunyodkor" o'z maydonida hech qaysi raqibini mag'lub eta olmagan. Guruh bosqichida "Beyjing Goan", "Sanfrechche Xirosima" va 1/8 finalda Tailandning "Buriram Yunayted" klubi bilan bir xil 0:0 hisobini qayd etgan. Jamoa o'z ochkolarini asosan safarda qo'lga kiritgan. "Bunyodkor" ikkita g'alabaga erishib, to'rt marta durang o'ynaydi va 10 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l oladi. Lekin 1/8 finalda unchalik kuchli ko'rinmagan "Buriram Yunayted" "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yuboradi. Esingizda bo'lsa, "Jar" stadionida kechgan "Beyjing" bilan o'yinda Egor Krimec xitoyliklar safida harakat qilgandi.

Bu o'yinlarni nima uchun eslab o'tdik? Garchi "Bunyodkor" OCHL finaliga chiqa olmagan bo'lsa-da, SHarq mintaqasida o'ynab o'zini yo'qotib qo'ymagan. Hozir esa SHarq tugul, G'arbda o'ynab ham guruhdan chiqish amrimahol bo'lib qoldi. Ochig'i, OCHLda qatnashayotgan boshqa klublar bilan taqqoslaganda bizning jamoalar u qadar kuchli emas, ko'rsatayotgan futbolimiz ham g'arib ahvolda. Ancha zerikarli va shiddatsiz. Murabbiylar ham hech nima bera olishmayapti. SHunday bo'lganidan keyin o'sha oldingi davrlarni qo'msamay boshqa nimayam qilamiz.

Reyting: +63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика