"SHarja" ustozi: "Durang bizni mutlaqo qoniqtirdi"
24 apr 2021 01:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633383_original.jpg)
![](/upload/storage/633383_220.jpg)
"SHarja" ustozi: "Durang bizni mutlaqo qoniqtirdi"
Afsuski, toshkentliklar 87-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga g'alabani qo'ldan chiqarishdi.
OCHL. "Paxtakor" g'alabani qo'ldan chiqardi
O'yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida sharjaliklar bosh murabbiyi Abdulaziz Al Anbari ishtirok etdi.
"Paxtakor" ajoyib jamoa ekanligini bugun ko'rsatdi. O'yindagi durang biz uchun juda yaxshi natija deb o'ylayman. O'yin jihatidan ham, guruhdagi vaziyat bo'yicha ham", - dedi Al Anbari.
- Bugungi o'yin hujumkorlikdan ko'ra himoyaviy ko'rinish oldi. Buning sababi nima?
- CHunki "Paxtakor" bizdan farqli ravishda tetikrok edi. Ularda mavsum endi boshlangan. Bizda charchoq alomatlari yo'q emas. Undan tashqari, yuqorida aytib o'tdim durang bizni qoniqtirardi. Qaytarib o'taman, bu o'yindagi 1 ochko "SHarja"ni to'la-to'kis qanoatlantirdi.
Eslatib o'tamiz, guruhda 4-turdan keyin "SHarja" 8 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turgan bo'lsa, "Paxtakor" 3 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar