So’nggi yangiliklar

09:22"Реал Мадрид" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи  0 08:55Аморим "Борнмут"га қарши ўйин олдидан "Манчестер Юнайтед" футболчиларининг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 08:28Трансфермаркт Ла лигада энг кўп нархи ошган футболчилар рейтингини тузди  0 08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  3 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  5 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  5 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  4 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  7 23:10Салоҳ қайтди!  9 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  5

SHarhlovchilikdan akademiklikkacha. Axbor doda Imomxo'jaevni tabriklaymiz! Yangiliklar

SHarhlovchilikdan akademiklikkacha. Axbor doda Imomxo'jaevni tabriklaymiz!

Teglar :  Axbor Imomxo'jaev
O'zbek sporti jurnalistikasi otaxoni deya etirof etiladigan Axbor doda Imomxo'jaev dastlab futbol sharhlovchisi sifatida elga tanilgan.

Nafaqa yoshiga etib bo'sh vaqtlari ko'paygach esa, kitob yozish uning asosiy vazifasiga aylandi. Axbor doda muallifligida jami 10 ta asar (ulardan 6 tasi o'quv qo'llanmalar) dunyo yuzini ko'rgan bo'lsa, eng so'nggi va va hajmi bo'yicha eng kattasi hisoblanmish “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kitobi o'zbek futbolining 100 yilligini qamragan holda, o'zbek futboli enciklopediyasi sifatida ham tarif etildi.

12 yil davomida to'plangan malumotlar asosida bitilgan bu kitob ziyolilar va arboblar tomonidan ham yuksak etirof etildi. Yil boshida, Axbor doda 84 yoshga to'lishlari arafasida O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashi qaroriga binoan u kishiga universitetning Faxriy professori unvoni berilgan edi. Kuni kecha esa Axbor doda yana bir yuksak unvonni qabul qilib oldilar. O'rta Osiyo Xalqlari tarixi instituti Turon Fanlar Akademiyasi Prezidiumining qarori bilan Axbor Imomxo'jaev akademiyaning haqiqiy azosi deb qabul qilindi va “Akademik” ilmiy unvoni bilan taqdirlandi. Yuksak unvon va bu haqdagi hujjatlarni otaxonga Turon Fanlar Akademiyasi prezidenti Haydarbek Bobobekov topshirdi.

Umrining 60 yilini futbol rivoji, targ'iboti va jurnalistikasiga bag'ishlagan Axbor doda Imomxo'jaevni Akademik unvoni bilan tabriklaymiz!

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика