"SHanxay SIPG" o'yinini Aziz Asimov boshqaradi
21 may 2019 11:30
Yangiliklar


"SHanxay SIPG" o'yinini Aziz Asimov boshqaradi
Bugun Osiyo chempionlar ligasida 6-tur bahslari davom ettiriladi.
Guruhdan chiqish uchun kurashayotgan "SHanxay SIPG" o'z maydonida Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" klubini qabul qiladi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 15:00da boshlanadi.
Bugungi o'yinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov faoliyat yuritayotgan "SHanxay SIPG" bugun g'alaba qozongan taqdirda guruhdan chiqadi.
Durang ham jamoani keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin, faqat buning uchun guruhdagi ikkinchi o'yinda durang qayd etilishi yoki bo'lmasa "Kavasaki Frontale" mag'lubiyatga uchrashi kerak bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar