"SHanxay SIPG" ikki transferga qo'l urdi
23 jan 2020 12:25
Yangiliklar


"SHanxay SIPG" ikki transferga qo'l urdi
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi o'z safiga ikki futbolchini qo'shib oldi.
Klub rasmiy sayti bergan malumotlarga ko'ra, so'nggi to'rt yil davomida "Tianjin Teda" safida o'ynagan himoyachi Mirahmetjan Muzepper shanxayliklar futbolchisiga aylandi. Muzepperning shartnomasi yakuniga etgani tufayli, u "SHanxay SIPG"ga erkin agent sifatida o'tdi.
SHanxay klubining navbatdagi yangi futbolchisi - YU Rui. Himoyachining "CHanchun Yatay" bilan shartnomasi bo'lgani bois "SHanxay SIPG" futbolchini sotib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar