So’nggi yangiliklar

12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  0 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  7 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  2 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0

SHamil Yarulin: "SHo'rtan"ning maqsadi Superligaga chiqish. Qarzdorlikni tezlik bilan hal etishimiz zarur" Yangiliklar

SHamil Yarulin: "SHo'rtan"ning maqsadi Superligaga chiqish. Qarzdorlikni tezlik bilan hal etishimiz zarur"

Bugungi kunga kelib, O'zbekiston futbolining yuqori elitasida ishtirok etadigan deyarli barcha jamoalar allaqachon yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yuborishgan.

O'z navbatida ular qatorida bir nechta PRO-Liga vakillari borligini ham takidlab o'tishimiz mumkin. Mamlakatimiz futbolida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lgan “SHo'rtan” jamoasi atrofida yuz berayotgan yangiliklar, nafaqat G'uzorliklarni, balki yurtimizdagi ko'p ming sonli futbolsevarlarni ham befarq qoldirmasligi tabiiy. SHu munosabat bilan biz kuni kecha “Oq bo'rilar” jamoasining rahbariyatida ish boshlagan SH.Yarulin bilan ushbu mavzu bo'yicha muxtasar suhbatlashdik:

- SHamil Samigulovich, avvalo “SHo'rtan” jamoasida faoliyat boshlaganingiz bilan tabriklaymiz. Futbol olamida katta va boy tajribaga ega ekanligingizni bilgan holda, G'uzor futbolini yanada rivojlantirish yo'lidagi say-harakatlaringizga omad tilaymiz.

- Rahmat. O'z navbatida biz ham “SHo'rtan” jamoasining mavqeini, obro'-etiborini tiklash, yana ham aniqrog'i Superligaga qaytarish borasida astoydil mehnat qilishni eng birinchi galdagi maqsadimiz, deb belgilab qo'yganmiz.

- Aytingchi, klubda qaysi vazifada ish boshladingiz?

- Bosh menejer lavozimida faoliyat olib borayapman.


- Birinchi galda qilinadigan ishlar rejasiga nimalarni kiritdingiz?

- Bu eng avvalo klub ishchi-xodimlari, murabbiylar va futbolchilar oldidagi maosh qarzdorligi bilan bog'liq masala.

- Qarzdorlik muammosi qachon bartaraf etilishi kutilmoqda?

- Tezlik bilan hal etishimiz zarur. Negaki, O'zbekiston Professional futbol Ligasining talablariga ko'ra, klublarda qarzdorlik masalasi hal etilmasa yangi mavsumda musobaqada ishtirok etishga qo'yilmaydi.

- PRO-Liga jamoalarining ko'pchiligi yangi mavsum tayyorgarligini allaqachon boshlab yuborishgan. Bu borada “SHo'rtan”da qanday yangiliklar bor?

- SHu kunlarda yig'in boshlashni rejalashtirib turibmiz. Yuqorida aytganimdek, qarzdorlik masalasini ijobiy hal etsak, hammasi o'z yo'liga tushib ketadi.

- Yangi mavsumga jamoani bosh murabbiy sifatida kim tayyorlaydi?

- Ushbu masuliyatli lavozimga biz mamlakatimizning taniqli mutaxassislaridan biri, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Mashal”ni Superligaga olib chiqqan, qolaversa o'z vaqtida “SHo'rtan”da ham futbolchi, ham murabbiy vazifasida ishlagan Asror Aliqulovni taklif qildik.

- Demak, muxlislarga uni “SHo'rtan” bosh murabbiyi, deb elon qilsak bo'ladi, shundaymi?

- Ha. 2020 yilgi futbol mavsumida “SHo'rtan” bosh murabbiyi lavozimida Aliqulov faoliyat ko'rsatadi.


- U bilan shartnoma qancha vaqtga tuzildi, yordamchilari kimlar bo'ladi?

- Bu haqda bosh murabbiyning o'zi gapirgani maqul, deb o'ylayman.

- Fikrlaringizdan malum bo'lishicha, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda PRO-Liga o'yinlarida eng yuqori o'rinlarni egallash vazifasi qo'yiladi?

- Bu yilgi eng asosiy maqsadimiz “SHo'rtan”ni Superligaga olib chiqish.

- Bir necha yillardan buyon “SHo'rtan-Ledi” ayollar jamoasi ham musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Jamoaning bundan keyingi taqdiri nima bo'ladi?

- Qizlarimiz O'zbekiston Professional futbol Ligasi bayrog'i ostida o'tkaziladigan barcha musobaqalarda o'z ishtirokini davom ettirishadi. Faqat bu yildan etiboran jamoa birinchi ligada qatnashadi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика