So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  30 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

SHamil Iseev: "Futbolchilar jismoniy holatini baholab borishda zamonaviy texnik vositalar juda muhim" Yangiliklar

SHamil Iseev: "Futbolchilar jismoniy holatini baholab borishda zamonaviy texnik vositalar juda muhim"

Teglar :  SHamil IseevO'FA
Futbolchilarning jismoniy holati talab darajasida bo'lishi nafaqat klublarimiz, balki terma jamoalarimiz muvaffaqiyatida ham muhim omil hisoblanadi.

Hozirda O'zbekiston Futbol Associaciyasining Ilmiy-uslubiy bo'limi mutaxassislari tomonidan terma jamoalarimiz, Superliga, Pro-liga va akademiyalar futbolchilarining jismoniy holati faol ravishda nazorat qilib borilmoqda. Ilmiy-uslubiy bo'lim boshlig'i  pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev O'FA Matbuot xizmatiga bergan intervyusida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritdi.

“O'FAning Ilmiy-uslubiy bo'limi o'tgan yilning noyabr oyida tashkil etilgan bo'lib, uning asosiy vazifasi futbolchilarning jismoniy holati, texnik-taktik imkoniyatlarini tekshirish, mashg'ulotlardagi yuklamalarni baholash, futbolchilarimiz ishtirokidagi milliy chempionatimiz va xalqaro maydonlardagi o'yinlarni tahlil qilib borishdan iborat.  

Bizning bo'lim faqat terma jamoalarga nomzod futbolchilarni emas, balki Superliga, Pro-ligada to'p surayotgan futbolchilar va futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilarini ham jismoniy holatini baholab boradi. Bo'limimiz tashkil etilganidan buyon yurtimizdagi uchta bolalar va o'smirlar akademiyalari, Superliganing 12ta, Pro-liganing 18ta jamoasida to'p surayotgan futbolchilardan jismoniy sinovlar qabul qildik. O'FA rahbariyati tomonidan bizga barcha zamonaviy texnik jihozlar xarid qilingan bo'lib, ana shu texnik vositalar yordamida futbolchilarning jismoniy holati, texnik-taktik imkoniyatlari tekshirib borilmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish va zamonaviy texnika bilan bo'limimizni taminlash maqsadida, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Muhammadjonovich Ilmiy-uslubiy bo'limga yangi uskunalar xarid qilish bo'yicha topshiriq berib o'tdi. Ana shu maqsadda bo'limimiz xodimi ayni paytda Moskvada bo'lib turibdi. U erdan Polar Team Pro deb nomlangan futbolchilarning mashg'ulotlardagi harakatlarini nazorat qilib borishga mo'ljallangan yangi texnik uskunani yurtimizga olib keladi.  


Polar Team Pro yordamida futbolchilarning harakatlanishini kuzatib borish mumkin, shuningdek, bu vosita jamoa azolari ish faoliyatini o'lchash uchun ideal echim hisoblanadi. Ushbu vosita yordamida hech qanday yirik tayanch stanciya va antennalarsiz, birgina iPadorqali futbolchilar mashg'ulotlarini kuzatib, ularning yurak urish chastotalarini nazorat qilib borish mumkin.

SHuningdek, Polar Team Pro o'yinchilarning ahvolini real vaqt rejimida kuzatib borish, mashg'ulotlar davomida murabbiylik tahlillari uchun aniq va bebaho malumotlarni olishga imkon beradi.

Bugungi kunda Evropaning ko'plab jamoalari aynan mana shunday zamonaviy texnik uskunalardan foydalanishadi.

Futbol hozir juda rivojlanib, futboldagi tezlik oshib ketdi. Milliy chempionatimizdagi murabbiylar har bir futbolchi uchun uning imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumiy mashg'ulotlardan tashqari qo'shimcha yuklamalar berishadi.

Futbolchilar mazkur yuklamalarni qay tarzda bajarayotganini murabbiy aniqlab borishi kerak. Ammo hozirda ko'plab murabbiylar faqat taxminan buni hisoblab borishyapti.  Polar Team Pro texnik uskunasi yordamida esa aniq malumotlarga ega bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi”, - deydi SHamil Iseev.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика