"SHalke" Xuntelarga yangi shartnoma va ikki yilga 14 mln evro taklif qilyapti
31 okt 2014 15:08
Yangiliklar


"SHalke" Xuntelarga yangi shartnoma va ikki yilga 14 mln evro taklif qilyapti
"SHalke-04" murabbiylar shtabi jamoa hujumchisi Klas-Yan Xuntelarni o'zida saqlab qolmoqchi.
"Biz Xuntelar bilan muzokaralar olib boryapmiz va bu ishlar yaxshi davom etyapti. Ikkala tomon ham hamkorlikni davom ettirmoqchi" - deydi klub sport direktori Xorst Xeldt.
Xabarlarga ko'ra, "SHalke" futbolchiga ikki yillik bitim va yiliga 7 mln evro taklif qilmoqda.

Fikrlar