“SHalke” Bundesliga antirekordini takrorladi
06 noy 2022 09:00
Yangiliklar


“SHalke” Bundesliga antirekordini takrorladi
Germaniya chempionati 13-turida “SHalke” safarda “Verder”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Gelzenkirxenliklarning chempionat doirasida mehmondagi g'alabsiz seriyasi 35 ta o'yinga etdi va ular bu borada musobaqa antirekordini takrorlashdi. Avvalgi eng yomon natija 1976-1981 yillar davomida “Karlsrue” tomonidan qayd etilgandi.
Tomas Rays shogirdlari keyingi safar uchrashuvini 2023 yil, 21 yanvar kuni Frankfurtda “Ayntraxt”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar