SHakiri faoliyatini "Lacio"da davom ettirmoqchi
26 iyu 2021 15:18
Yangiliklar
SHakiri faoliyatini "Lacio"da davom ettirmoqchi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jerdan SHakiri faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirmoqchi.
"Men "Liverpul" rahbariyatiga yangi chaqiriqqa tayyor ekanligimni aytdim. Ular qarorimni qabul qilishdi va sotuvimni ko'rib chiqishadi.
"Liverpul" yozda meni to'xtatmaydi. Men Italiyaga qaytishni va "Lacio" tarkibida o'ynashni xohlardim", - deydi SHakiri.
SHveycariyalik futbolchi 2018 yildan beri "Liverpul"da o'ynaydi. U o'tgan mavsum 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar