SHaker Zuagi: "Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol tasir qildi"
13 apr 2015 21:05
Yangiliklar

SHaker Zuagi: "Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol tasir qildi"
"Bunyodkor" futbolchisi SHaker Zuagi "Lokomotiv"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdik. Ammo, ikkinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik va o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yubordik. Endilikda, keyingi o'yin haqida, shuningdek, OCHL doirasida bo'ladigan o'yin haqida ham o'ylashimiz lozim.
Moliyaviy muammolar? Jamoada bu tomondan barchasi joyida. Yoki siz nimadir eshitdingizmi bu haqida?
Ruhiy tomonlama muammolar haqida gapiradigan bo'lsam, ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng barchasi tushunarli. Umuman aytadigan bo'lsak jamoada barchasi joyida. Nasib qilsa keyingi uchrashuvlarda o'z o'yinimizni namoyish eta boshlaymiz", - deydi tunislik futbolchi.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Fikrlar