So’nggi yangiliklar

10:27"Машъал"нинг бир нечта етакчиси бугунги учрашувда майдонга туша олмайди  0 10:05УEФА ПСЖга катта миқдорда жарима белгилади  1 09:34ПСЖ футболчисини Туркия жамоаси сотиб олди  2 09:03"Барселона" дунёнинг энг қашшоқ давлатларидан бири билан ҳомийлик шартномасини имзолади  2 08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  2 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  5 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  28 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  10 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1

SHahzod Ubaydullaev: “Xomyakov jamoani ijobiy tomonga o'zgartira oldi” Yangiliklar

SHahzod Ubaydullaev: “Xomyakov jamoani ijobiy tomonga o'zgartira oldi”

“Mashal”dagi faoliyati bilan barchaga tanish bo'lib ulgurgan bo'lgan Aleksandr Xomyakov, bu ishini vodiy jamoasida ham davom ettirib, jamoadagi umidli futbolchilardan joyida unumli tarzda foydalanmoqda.

 Doniyor Abdumannopov, SHaxzod Ubaydullaev kabilar shular jumlasidandir.

“Surxon”ga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etib, g'alabaga munosib ulush qo'shgan SHahzod Ubaydullaevni suhbatga chorlab ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- Suhbatimiz avvalida o'zingiz haqingizda ikki og'iz malumot bersangiz...

- Men 1998 yilning 2 mart kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tavallud topganman. Oilada olti kishimiz. Men ikkinchi farzandman.

- Millionlar o'yiniga oshno tutinshingizga kim sababchi bo'lgan?

- Dadam Umid Jo'raev, professional futbol bilan shug'ullangan. Ularnnig kasbini davom ettirishga astoydil harakat qilyapman. Birinchi murabbiyim esa Zokir aka, aniq familyasi esa yodimda yo'q. CHunki u vaqtda men olti yoshda edim. Meni haqiqiy, katta futbolga tayyorlagan, bor bilim tajribasini ayamagan ustozim Umarxon Ataxonov bo'ladi. U kishi hozirda Namangan futbol akademiyasida faoliyat yuritmoqda.



- Joriy mavsum boshida Andijonga sizni kim taklif qildi?

- Eldor Sakaev va uning yordamchisi Diyor Mirzaboev.

- Mavsum o'rtasidagi murabbiylar almashinuvi jamoaga qay tomonlama tasir o'tkazdi?

- Sakaev va Saidov bilan birinchi bor birga ishlashim. Aleksandr Xamyakovni yaxshi bilaman, oldin Muborakda uning qo'l ostida o'ynaganman. Qattiqqo'l, talabchan va ishni qanday tashkil qilishni biladigan murabbiy. Mening fikrimcha Xomyakovni kelishi natijalarga ham o'z tasirini ko'rsatdi.

- Ikkinchi davrada jamoadoshlaringizni o'zgartira olgan jihatni ayta olasizmi?

- Ko'p narsa murabbiyga ham bog'liq deb o'ylayman. Aleksandr Andreevich kelgach hamma narsani o'zgartirdi. SHuningdek jismoniy taraflama ancha o'sishga erishganmizni aytib o'tish joiz.


Abdulaziz suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика