So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  3 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

SHahzod Ubaydullaev: "Terma jamoadan taklif olishga tayyorman" Yangiliklar

SHahzod Ubaydullaev: "Terma jamoadan taklif olishga tayyorman"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi safarda "Buxoro"ni yirik hisobda taslim qildi.

Mazkur uchrashuvda bekobodliklarning ikki goliga mualliflik qilgan SHahzod Ubaydullaev o'tgan turlarda bo'lgani kabi bu safar ham raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qildi. Yakunda bir qator nomzodlar orasida Ubaydullaevning "Buxoro" darvozasiga urgan goli saytimiz tomonidan turning eng chiroyli goli deb topildi. Biz bu borada iqtidorli forvardning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda oson o'yin o'tkazmadik. Birinchi bo'limda asosan maydonga moslashishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda esa harakatlarimiz o'xshadi va o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kirita oldik. SHuningdek bahsning ikkinchi qismida maydonga to'liq moslashib ko'proq hujum qilishga intilganimiz samarasini berdi. Mening fikrimcha, "Buxoro" jamoasi futbolchilari  ikkinchi goldan keyin ruhan sinib qoldi va shuning hisobiga o'yinni berib qo'ydi. G'alaba qozonib hisobimizga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'yganimizdan xursandmiz. 

Terma jamoadan chorlov? Albatta, vatan jamoasi sharafini himoya qilish har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Milliy jamoadan taklif olishga tayyorman. 

Har bir uchrashuvda gol urib jamoamning g'alabalariga munosib hissa qo'shishni istayman. G'alaba bilan barcha ishqibozlarimizni tabriklayman",- deydi SHahzod Ubaydullaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика