SHahzod SHaymanov - "Lokomotiv" futbolchisi
13 jan 2020 17:08
Yangiliklar
SHahzod SHaymanov - "Lokomotiv" futbolchisi
O'tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o'tkazib, muxlislar ishonchiga erishgan ajoyib yarim himoyachi SHahzod SHaymanov "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi.
SHaxzod 1992 yilning 2 aprel kunida tug'ilgan va o'ng qanot yarim himoyasida o'ynaydi. Faoliyatini asosan O'zbekistonning yuqori divizionida o'tkazmoqda. 2014-2017 yillar davomida o'zi tarbiyalangan "Mashal" sharafini himoya qildi va keyinchalik "Metallurg"ga transfer qilindi. Qayd etish kerak, SHaxzod o'zi o'ynagan barcha jamoalarida asosiy tarkib futbolchisiga aylana olgan. Buni quyidagi statistika ham tasdiqlab turibdi.
2012 "Mashal" 20 o'yin
2014 (1-davra) "Andijon" 9 o'yin, 1 gol
2014 (2-davra)-2017 "Mashal" 85 o'yin, 10 gol.
2018 "Metallurg" 27 o'yin, 6 gol
2019 "Navbahor" 20 o'yin, 2 gol
O’xshash yangiliklar
16:45
Siavash Haqnazari: "Bizga kim raqib bo'lishining farqi yo'q, o'zimizning aniq maqsadimiz bor" 6
Fikrlar