SHahzod Nurmatov: “Ustozlarimdan minnatdorman!”
13 noy 2013 16:33
Yangiliklar

SHahzod Nurmatov: “Ustozlarimdan minnatdorman!”
Milliy terma jamoamizning Vetnam va Gongkonga qarshi o'yinlariga taklif etilgan “Oq-tepa” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, Bekabodning “Metallurg” klubi hujumchisi SHahzod Nurmatov www.oq-tepa.uz cayti uchun maxsus intervyu berdi.
- Albatta, milliy terma jamoa yig'iniga taklif etilganimdan xursandman. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. SHu darajaga chiqishimda ustozlarimning xizmati beqiyos. Xususan, “Oq-tepa” futbol maktabiga kelgan ilk kunlarimda menga millionlar o'yinining sir-asrorlarini o'rgatgan murabbiyim Farhod aka Abdurasulovga minnatdorchiligimni bildiraman!
Qolaversa, meni qo'llab-quvvatlagan “Oq-tepa” futbol klubi rahbari G'anisher aka SHog'ulomov va o'sha vaqtda jamoa murabbiyi bo'lib ishlagan Aleksandr Mochinovga ham rahmat aytaman! “Oq-tepa” jamoasiga omad tilayman!

Fikrlar