SHahzod Nurmatov: "Urgan gollarim jamoamning mehnati mahsuli"
30 apr 2021 18:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634672_original.jpg)
![](/upload/storage/634672_220.jpg)
SHahzod Nurmatov: "Urgan gollarim jamoamning mehnati mahsuli"
- Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichidan ko'nglingiz to'ldimi ?
-Kubok doirasidagi ilk o'yinda Mashal bilan yaxshi o'yin o'tkazdik, faqat omadimiz kelmadi. Oxirida gol o'tkazib yubordik. Yangier va Qo'qon jamoalari bilan o'yinda g'olib bo'lib guruxdan chiqish vazifasini bajardik. Jamoada xamma xursand.
-Yangier va Qo'qonga qarshi uchrashuvlarda gol urib o'yinning "Eng yaxshi futbolchisi" deb etirof etilgandagi quvonchingiz xaqida ?
-Avvalo gol urganim va g'alabaga xissamni qo'shganimdan xursandman. Futbol jamoaviy o'yin. Bu gollar butun jamoaning mexnati. Albatta xursand bo'ldim.
- Navbatdagi turdagi raqib Sug'diyona bilan bo'ladigan uchrashuvdan nimalar kutyabsiz ?
-“Sug'diyona” jamoasi bu mavsum yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, chempionatni yaxshi boshlashdi. 5 may kuni albatta g'alaba uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa bu uchrashuvda g'alaba qozonsak ularga ochkolar borasida etib olamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar