SHahram G'iyosov "Uembli"da (VIDEO)
20 sen 2018 18:16
Yangiliklar
SHahram G'iyosov "Uembli"da (VIDEO)
Xabaringiz bor, 22 sentyabr kuni bokschimiz SHahram G'iyosov professional ringda o'zining beshinchi jangini o'tkazadi.
Britaniyadagi "Uembli" stadioni mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimizga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi. Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda to'rt marotaba jang qilib, ularning barchasida g'alaba qozongan (3tasi nokaut). Lagunaning bu boradagi ko'rsatkichi esa maqtansa arzigulik. U 14ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'olib bo'lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.
Hamyurtimiz jang o'tkaziladigan "Uembli" stadioniga bordi va bahsga tayyor ekanligini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, kechaning asosiy jangida superog'ir vazn toifasida Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin to'qnash kelishadi.
SHahram G'iyosovning "Uembli"dagi videosini TELEGRAMDAGI KANALIMIZda tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar