So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  29 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

SHahboz Umarov: "Ertaga g'alaba qozonamiz, boshqa variantimiz yo'q" Yangiliklar

SHahboz Umarov: "Ertaga g'alaba qozonamiz, boshqa variantimiz yo'q"

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi 2-tur Hindiston terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan avvalgi rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi. Biz amaldagi Qozog'iston chempioni va terma jamoamiz azosi SHahboz Umarov bilan suhbatlashdik

- Qisqacha aytaman. Ertaga g'alaba qozonamiz, boshqa variantimiz yo'q. Faqat g'alaba qozonishimiz kerak.

- Murabbiy tayyorgarlik jarayonida asosan etiborni nimaga qaratmoqda? Raqibni taktik tomonlama o'rganishgami yoki ruhiy holatni yaxshilashga.

- Bosh murabbiyimiz bilan mashg'ulotlarda barcha raqiblarni tahlil qilib chiqdik. Suriya va Hindiston kabi terma jamoa himoyaviy futbol namoyish etishadi va 10 kishi bo'lib himoyalanishadi. Bosh murabbiyimiz raqiblar himoyasini qanday yorib o'tishni o'rgatmoqda. Ertaga hujumkor futbol namoyish etib ko'proq gol urishga harakat qilamiz.

- Bir necha oy avval nega terma jamoaga chaqirilmayapsiz degan savolga jarohatim sababli deb javob bergan edingiz. Hozir jarohatingiz sizni bezovta qilmayaptimi?

- Yo'q, hozir sog'lig'im bo'yicha muammo yo'q.

- Hindiston terma jamoasining ustun taraflarini o'rganib chiqdingizlarmi?

- Hindiston terma jamoasi qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydi. Himoyaga yotib olib, tezda qarshi hujum qilish ularning taktikasi.

- Bugungi matbuot anjumanida Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi ertaga hujumkor o'yin namoyish etishini aytib o'tdi. Balki Hindiston terma jamoasi ertaga ko'proq hujum qilar?

- Hindlar qanday o'yin namoyish etishidan qatiy nazar, biz o'zimizning uslubimizda o'ynaymiz. Avvalroq aytganimdek g'alaba qozonishdan boshqa variantimiz yo'q.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика