So’nggi yangiliklar

19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  0 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  12 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  1 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  38 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  1 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  62 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1

SHohboz Umarov: "BATE meni anchadan beri qo'lga kiritish istagida yurgan ekan" Yangiliklar

SHohboz Umarov: "BATE meni anchadan beri qo'lga kiritish istagida yurgan ekan"

Bir necha soatlar oldin saytimizda o'zbekistonlik futbolchi, "Energetik-BGU" jamoasi azosi SHohboz Umarovni BATE jamoasiga o'tgani haqida xabar bergan edik.

"Energetik-BGU" safida o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi SHohboz Umarov faoliyatini BATEda davom ettiradi.

Mazkur transfer yuzasidan SHohboz Umarov bilan bog'lanib qisqa intervyu tashkil qildik.

- Dastlab BATE bilan transfer hususida fikringizni bildirib o'tsangiz. Kelishuv qanday amalga oshdi?

- Mashg'ulotlardan keyin murabbiy meni oldiga chaqirdi. BATE anchadan beri jiddiy qiziqish bildirayotganini aytdi. Muzokaralar bo'layotganidan xabarim yo'q edi. CHunki, bu borada murabbiylar menga indashmagandi. Keyinchalik jamoa prezidenti bilan uchrashdim va BATEga o'tishga qaror qildim. Ko'pchilik yaqinda ushbu jamoa darvozasiga urgan golimdan keyin taklif qildi deb o'ylamoqda. Aslida ular meni anchadan beri kuzatishayotgan, transfer qilishmoqchi bo'lgan ekan. Lekin, ikki klub kelisha olmagani sababmi yoki boshqami bu jamoaga o'tishim kechikdi. 

- BATE bilan Evropa ligasida o'ynashingiz mumkin. Bunga tayyormisiz?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Mashg'ulotlar orqali hamma narsaga erishish mumkin. 

- Jasur Yaxshiboevni boshqa jamoaga o'tganini "Energetik-BGU" futbolchilari qanday qabul qildi?                           

-To'g'ri, Yaxshiboevsiz jamoaga juda ham qiyin bo'ladi. Lekin, bu jamoada bir futbolchi ketsa murabbiy o'shani o'rnini tezda to'ldiradi va barchaga birdek ishonadi. 

- Nima deb o'ylaysiz o'zbekistonlik futbolchilarni darajasi belaruslik futbolchilarnikidan yuqorimi? CHunki, siz va Jasur Yaxshiboev misolida bunga guvoh bo'ldik...

- Yaxshi savol berdiz. Ko'pchilik Belarus chempionatini kuchsiz deya tariflamoqda. SHahboz Umarov va Jasur Yaxshiboevni iqtidorini O'zbekistonda ko'rmadik degan gaplarni ham aytishyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda Belarus chempionatidan O'zbekiston quyi ligasi kuchli  qabilidagi fikrlarni ham o'qidim. Aslida hamma chempionatni o'ziga yarasha kuchli tomonlari bor. Masalan man o'zim haqimda fikr bildiraman. Jasur haqida biron narsa deya olmayman.

Menga O'zbekistonda o'yin amaliyoti berishgani yo'q. 1-2ta o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdim. O'zimni ko'rsatishim uchun o'yin amaliyoti etarli bo'lmadi. Vaqt kamlik qildi. Bu erda esa 17ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurdim. O'yin amaliyoti berildi. Qaysidir tomonlama o'zimni ko'rsatdim. O'zbekistonda o'rinbosarlar jamoasida to'p tepdim. O'yinlarimni ko'rganlar nimalarga qodir ekanligimni juda yaxshi biladi. Belarus chempionatida ham imkoniyatlarimni to'liq ko'rsata olganimcha yo'q. Ishonamanki, muxlislarga qanday hislatlarga ega ekanligimni isbotlayman. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика