So’nggi yangiliklar

12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  7 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  13 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  12 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1

SHahboz Jo'rabekov: "Bir jamoaga ishonib "Qizilqum" bilan xayrlashgandim. Klubsiz qolishim mumkin edi. "Bunyodkor"ni qutqarish uchun keldik" Yangiliklar

SHahboz Jo'rabekov: "Bir jamoaga ishonib "Qizilqum" bilan xayrlashgandim. Klubsiz qolishim mumkin edi. "Bunyodkor"ni qutqarish uchun keldik"

Futbolda raqobat degan yaxshi tushuncha bor. U bo'lmas ekan qaysidir jarayonda pasayish kuzatiladi.

Raqobatsiz muhitdagi futbolchida o'zidan qoniqish hissi paydo bo'ladi. "Bunyodkor" jamoasida birinchi davrada bir qator chiziqlarda bu ko'zga tashlanmadi. Klub esa yozgi transferlar vaqtida o'z-o'zidan tarkibni kuchaytirishga kirishdi. Mavsumni "Qizilqum"da boshlagan SHahboz Jo'rabekov endi "qaldirg'och"ga aylandi. Xo'sh, u yangi jamoasi haqida nimalar dedi?

- Avvalo, etibor berib suhbatga taklif qilganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshladim. "Qizilqum"dagi yigitlar begona emasligi uchun moslashish jarayoni oson kechdi. Tezda kirishib ketdim. CHempionatning dastlabki qismi tomoshabob o'yinlarga boy o'tdi deya olaman. To'g'ri, startni g'alabalar bilan boshladik. Keyinchalik xato va kamchiliklar yuzaga chiqishni boshladi, qolgan jamoalar ham formaga kirib oldi. Bizda esa ketma-ket g'alabasiz seriyalar boshlandi. SHu omillar biz kutgan o'rnimizga chiqishimizda putur etkazdi. Agarda 100 ballik tizmda olsak men 60 ballga baholagan bo'lardim. 

- "Qizilqum" jamoasida to'p tepishni boshlaganimda oldimga yuqori maqsadlarni qo'ygan edim. Navoiyda to'p tepish oxirigacha nasib qilmagan ekan. Jamoadan ketishimga asosiy sabab rahbariyat tomonidan bo'ldi. Tarkibni kuchaytirishligini aytishdi. "Dinamo" bilan o'yindan so'ng rahbariyat qaror qabul qilgan ekan. Jamoaga qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qildim. Qaerdadir xatoga yo'l qo'ydim. Samarqand jamoasi bilan o'yinda penalti olib keldim va yomon harakat qildim. Bu ham bir sabab bo'lgan. Birinchi davra yakunida bir jamoadan taklif oldim. Ularga ishonib "Qizilqum" bilan xayrlashdim. Yakunda jamoasiz qolib ketishim ham mumkin edi. Bundan afsuslanmayman. SHu o'rinda klub rahbariyatiga, jamoadagi murabbiylar, futbolchilarga omad tilayman. "Qizilqum"da to'p tepganimdan xursandman. 

- Ha, ikkinchi davrani "Bunyodkor"da davom ettiraman. Klubdan Bobur aka Zuhriddinov qo'ng'iroq qildilar. Rahbariyat, bosh murabbiy bilan gaplashdik. Bobur aka bilan 2018 yil "So'g'diyona"da qisqa vaqt birga ishlaganmiz. Murod Aliev va Islom Inomov bilan barchasini kelishib oldik. Qolaversa, taklif bo'lgan zahoti otamdan maslahat oldim. Bunday jamoaning jon saqlash uchun kurashayotgani hayratlanarli. Futbol shunisi bilan qiziq. Klubning hozirgi holati qaror qabul qilishimga tasir qilgani yo'q. "Bunyodkor"ga kelayotganda yuqorida aytganimdek otam, Ulug'bek Bakaev o'z tavsiyalarini berdi. "Bunyodkor"ning oldiga qo'ygan maqsadlari qiziq tuyuldi. Ikkinchi davrada jamoani qutqarishga va yuqori o'rinlarga chiqishida yordam berishga tayyorman. 

- "Navbahor"ning kuchli tarkibga ega bo'la turib ko'p ochko yo'qotgani kutilmagan holatdek taassurot qoldirdi. "So'g'diyona","Andijon", "Surxon" etakchilar bilan tengma-teng kurash olib bordi. Superligada yaqqol favorit yoki autsayder yo'q. Mavsumning qolgan qismi ham shiddatli o'tishiga shubha qilmayman. O'zPFL ham bu borada ko'p ishlarni amalga oshirmoqda.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика