SHahboz Erkinov Navbahorda, SHukurali Po'latov kelishi mumkin
09 mar 2014 13:16
Yangiliklar

SHahboz Erkinov Navbahorda, SHukurali Po'latov kelishi mumkin
Mamlakatimizning mahoratli hujumchilaridan biri SHahboz Erkinov ham yangi mavsumni Navbahorda o'tkazadigan bo'ldi.
Jamoamiz murabbiylar shtabi hujumdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida bir qator hujumchilar bilan muzokaralarga kirishishgandi. Yakunda SHahboz Erkinov variantida to'xtashga qaror qilindi. 2013 yilgi mavsumni Olmaliq jamoasida o'tkazgan hujumchi 15 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti bor nishonga olgandi. Muxlislarimizning yodlarida bo'lsa Olmaliqda o'tgan olmaliq - Navbahor jamoalari o'rtasidagi birinchi davra uchrashuvida aynan Erkinov hisobni ochishga erishgandi. Ammo, yakunda SHahbozning goli olmaliqliklarga foyda keltirmagandi. CHunki, futbolchilarimiz mehmonda 4:3 hisobidagi g'alabani tantana qilishgandi. Mavsumlar oralig'ida Olmaliqni tark etgan hujumchi Samarqandning Dinamo klubi safida mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgandi.
Navbatdagi chempionatda Navbahor sharafini yana bir mahoratli futbolchilardan biri SHukurali Po'latov himoya qilishi mumkin. Neftchining sobiq futbolchisi mavsumlar oralig'ida Bunyodkor yig'inida ishtirok etayotgandi. Neftchining boshqa sobiq futbolchilari Mansur Saidov hamda Baxtiyor Yoqubovlarni yangi mavsumni Navbahor safida o'tkazishlariga oldinroq oydinlik kiritilgandi. Xullas, Baxtiyor Ashurmatov namanganlik muxlislarni xursand qilishga qodir jamoani shakllantirishga astoydil harakat qilmoqda.

Fikrlar