SHahboz Erkinov: "Kiritgan gollarimda jamoadoshlarim hissasi katta"
27 avg 2016 08:00
Yangiliklar
SHahboz Erkinov: "Kiritgan gollarimda jamoadoshlarim hissasi katta"
O'zbekiston chempionati 20-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” - “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin “Nasaf” jamoasi hujumchisi SHahboz Erkinov o'z fikrlarini bayon qildi.
- Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Umuman olganda, vodiy jamoalari bilan o'ynash oson bo'lmaydi. O'zim ham vodiyda o'ynaganman, buni yaxshi bilaman. Eng asosiysi g'alaba qozondik. Jamoamizning yordami bilan ikkita to'p kiritdim. Oxirigacha harakat qilganimiz evaziga g'alabani o'shlab qoldik. Xalqimizni kelayotgan bayram bilan tabriklayman. Osmonimiz musaffo bo'lib, olimpiyachilarimiz singari barcha sportchilarimiz xalqimizni xursand qilaversin, - deydi Erkinov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar