So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

SHahboz Beg'amov: "Hindiston ustidan g'alaba hech narsani anglatmaydi. Haqiqiy Osiyo Kubogi endi boshlanyapti" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Hindiston ustidan g'alaba hech narsani anglatmaydi. Haqiqiy Osiyo Kubogi endi boshlanyapti"

"Tezkor Studiya"ning Osiyo Kubogiga bag'ishlangan navbatdagi soni Qatar poytaxti Dohadan olib borildi.

Kamoliddin Alimov boshchiligidagi efirda taniqli futbol mutaxassisi SHahboz Beg'amov mehmon sifati qatnashdi va o'z fikrlarini bildirdi. 


"Guruhdagi qilishimiz kerak bo'lgan ishni qildik. Hindiston ustidan g'alaba hech narsani anglatmaydi. SHunchaki yo'limizda davom etyapmiz. Endilikda qolgan har bir o'yin terma jamoamizning holatini baholab beradi. Biz uchun Osiyo Kubogi endi boshlanyapti. Suriya bilan durang bo'ldi. Hindistonni yutishimiz kerak edi. Asl holatimizni, Katanecning haqiqiy ishini endi ko'ramiz. Hindistonni yutish yangilik emas. Suriya bilan o'yin ko'pchilikni tanqidiga uchradi va bu o'rinli edi. Hindiston bilan sxemani o'zgartirgani foyda keltirdi. Murabbiy xatolardan to'g'ri xulosa chiqara oldi. Balki bu Katanecning rejasida bo'lgandir. 

Avstraliya bilan o'yinni ham o'ta muhim, deb bo'lmaydi, chunki ikki jamoani durang ham qoniqtirishi mumkin. Albatta, birinchi o'rinni olish yoqimli bo'ladi. Raqib tanlash esa ehtimollar nazariyasida bo'ladi. Lekin hech bir jamoa yoki murabbiy birinchi yoki ikkinchi o'rin bilan chiqqan yaxshi, degan yo'lni tanlamaydi. Bu aslida zararga ishlashi mumkin. Har qanday futbolchi g'alabani ko'zlab chiqadi. Raqib tanlash restoranga kirib o'zingiz istagan taomni tanlash, degani emas. Oson, deb o'ylagan raqib kutilmaganda zarba berib qolishi mumkin",- deydi SHahboz Beg'amov.

 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика