So’nggi yangiliklar

09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  1 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  1 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  5 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  2 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  14 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  28 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  2 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0

SHafqatsiz mundial-3 Yangiliklar

SHafqatsiz mundial-3

Rossiya yashil maydonlarida o'tkazilayotgan futbol bo'yicha XXI jahon chempionati davom etmoqda.

Bu turnirga jami 32 ta terma jamoa keladi, faqat bir terma jamoa g'olib bo'ladi, chempionat formati shunaqa, mundial shunisi bilan qiziq. JCH-2018da nimchorak finallar boshlangandan beri bo'lib o'tayotgan har bir uchrashuv bizni qaysidir terma jamoa bilan xayrlashishga majbur qilmoqda.

Nimchorak final uchrashuvida Portugaliya terma jamoasini mundialni tark etishga majbur qilgan Urugvay terma jamoasi tarkibida Grizman, Mbappe, Pogba kabi yulduzlari bo'lgan Franciya terma jamoasiga duch keldi. Uchrashuvda Varanning bosh bilan kiritgan ajoyib goli va Urugvay posboni Musleraning xuddi o'sha siz va biz bilgan Karius kabi qilgan qo'pol xatosi evaziga Franciya terma jamoasi 0:2 hisobida Kavanisiz o'ynagan Urugvayni taslim etdi. Endi biz Kavanining super zarbalarini, Suaresning ayyorona harakatlarini bu turnirda ko'rmaymiz, istasak ham baribir iloji yo'q, Urugvay shu erda to'xtatildi.


CHempionat boshida favorit deb etirof etilgan terma jamoalarning mundialni tark etishiga ko'nikib qolayotgandekmiz nazarimda. Mundial karvonidan chetga chiqqan navbatdagi jamoa bu Braziliya. Tarkibida Neymar,   Koutino, Firmino, Marselo kabi yulduzlari bo'lgan braziliyaliklar chorak finalning markaziy uchrashuvida hozirgi kundagi tarkibi "oltin avlod" deya etirof etilayotgan Belgiya terma jamoasiga to'qnash kelishdi. Dastlab braziliyaliklar o'z darvozasiga o'zlari gol urishgan bo'lishsa, keyinroq Kevin de Bryuyne qarshi hujumda to'pni darvozaga aniq yo'llab hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Braziliya terma jamoasi futbolchilari ikkinchi taymda raqib darvozasini bir marta ishg'ol eta oldilar xolos. Hamma Neymar, Firmino kabi etakchilardan gol kutgan bo'lsada, Belgiya darvozasiga golni Renato Augusto urdi. Ha ketma-ket favoritlar tark etayotgan mundialni endi Braziliya ham tark etdi, biz endi Neymarning driblinglariyu simulyaciyalarini bu mundialda ko'rmaymiz, ko'ra olmaymiz.


JCH-2018ga tarkibida Ibragimovich bo'lmagan SHveciya terma jamoasi keldi. Guruh bosqichidan chiqdi, nimchorak finalda darajasi jihatidan o'ziga teng bo'lgan, xatto davlatlari nomi jihatidan ham bir-biriga yaqin bo'lgan SHveycariyani mag'lub etdi. Lekin chorak finalda ularni "futbol vatani" hisoblanmish Angliya kutib turgan edi. SHvedlar harchand urinishmasin Angliya terma jamoasini mag'lub etishning uddasidan chiqishmadi, endi mundial karvonida SHveciya terma jamoasi yo'q, ular ham bizni, jahon chempionatini tark etishdi.


CHorak finallarning so'ngi uchrashuvida mezbonlar Rossiya terma jamoasi Xorvatiya terma jamoasi bilan to'qnashdi. Tarkibida CHerishev, Golovin kabi iqtidorli futbolchilari bor mezbon terma jamoa Xorvatiya bilan irodali tarzda oxirigacha kurashdi. To'g'risi oxirgi Evropa chempionatidan keyin tarkibi tarqatib yuborilib, qaytadan tashkil etilgan Rossiya terma jamoasidan bu  qadar yorqin o'yin kutmagan edim. Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha daqiqalarida g'olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Xorvatiya terma jamoasining qo'li baland keldi. Xayr Rossiya!  Yarim finallar endi mezbon terma jamoa ishtirokisiz o'tadi. SHafqatsiz mundial mana shunaqa! Qarshingdan chiqqan raqibni yutmadingmi, chempionat mezboni ekanliging ahamiyatsiz, mundial karvonidan tushib qolaverasan.

Yarim finallarda bizni ajoyib uchrashuvlar kutmoqda. Ushbu bosqichga eng kuchlilar etib kelishdi, ularning har biri chempionlikka munosib. Kuzatishda davom eting, JCH-2018 davom etadi!

Bekzod Tolibov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика