Qosimov vs SHackix. AGMK - "Paxtakor" uchrashuviga prevyu
15 sen 2022 12:50
Yangiliklar
Qosimov vs SHackix. AGMK - "Paxtakor" uchrashuviga prevyu
Qiziqarli va kurashlarga boy o'tishi kutilayotgan o'yin oldidan fikr va mulohazalar, fakt, statistika hamda malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
AGMKning ikkinchi davradagi natijalari. Mirjalol Qosimov shogirdlari mavsumning ikkinchi qismida 2ta g'alaba, 2ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etib turibdi.
18-tur. "Qo'qon-1912" - AGMK 0:0
17-tur. AGMK - "Surxon" 2:1
16-tur. "Nasaf" - AGMK 0:0
15-tur. AGMK - "Lokomotiv" 4:0
14-tur. AGMK - "Metallurg" 0:1
"Paxtakor" "So'g'diyona" bilan qoldirilgan o'yinni hisobga olganda 6ta uchrashuv o'tkazdi. 3ta g'alaba, 3ta durang qayd etgan holda ikkinchi davrada mag'lubiyatsiz odimlamoqda. Bu albatta faqat Superligadagi natija.
18-tur. "Paxtakor" - "Metallurg" 2:1
17-tur. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:1
16-tur. "Paxtakor" - "Olimpik" 1:1
15-tur. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:2
11-tur. "So'g'diyona" - "Paxtakor" 2:2
14-tur. "Paxtakor" - "Dinamo" 3:2
OKMK |
Superliga. 18-tur 15/09/2022, 19:00 2
:
0
Tugadi
|
Paxtakor Xozhiakbar Alizhonov - 54', Dragan CHeran - 85' |
O'zaro o'yinlar
Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 29 marta o'zaro to'qnash kelishgan. 21 bellashuvda "Paxtakor" g'alaba qozongan. 4 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, 4 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. "SHerlar" 52 to'p kiritib, 16 gol o'tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni jamoa yirik g'alaba bilan qo'lga kiritgan.
"Paxtakor" - AGMK. Jamoalarning so'nggi 13ta uchrashuviga nazar solamiz. Olmaliqliklar 12ta o'yindan beri "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. So'nggi g'alaba 2018 yil O'zbekiston kubogi finalida qo'lga kiritilgan. Superliga doirasida esa "konchilar" 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasida Rahmatillo Berdimurodov va Igor Yelichning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Demak bunga ham 5 yil bo'libdi. AGMK oxirgi 5ta uchrashuvda 13ta gol o'tkazib yuborib, raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan. So'nggi bor 2020 yilgi mavsumda "sherlar" posbonini ranjitganini aytish joiz. Mirjalol Qosimov shogirdlari mazkur noxush statistikaga chek qo'yadimi?
OKMK Yovan ZHokich - 16', Yovan ZHokich - 57', Zohir Pirimov - 90' |
O'zbekiston kubogi. 1-tur 28/10/2018, 15:00 1
:
3
Tugadi
|
Paxtakor Ismoil Gonsalvesh - 54' |
Olmaliqdagi oxirgi g'alaba
Olmaliqdagi o'yinlarda ham mutloq ustunlik "Paxtakor" tomonida 11ta g'alaba, 3ta mag'lubiyat. Yuqorida aytganimizdek, 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasidagi g'alaba, raqib darvozasiga urilgan gol so'nggisi bo'lib turibdi. AGMK o'z maydonidagi keyingi 4ta bahsda to'p kirita olmagan.
18.03.2021. AGMK - "Paxtakor" 0:3
01.11.2020. AGMK - "Paxtakor" 0:6
17.08.2019. AGMK - "Paxtakor" 0:3
12.07.2018. AGMK - "Paxtakor" 0:1
15.06.2017. AGMK - "Paxtakor" 2:0
Igor Sergeev AGMK bilan o'zaro o'yinlar to'purari
Sergeev hozirgacha Olmaliq jamoasi darvozasini 8 marta ishg'ol qilishga erishgan.
AGMK bilan yuqori ligada jamoamiz 2008 yildan beri to'qnash kelmoqda. O'zaro o'yindagi ilk gol Odil Ahmedov hisobiga yozilgan. Raqibning birinchi goliga Baxtiyor Hamidullaev mualliflik qilgan.
Igor Sergeev AGMK darvozasini ayni paytga qadar 8 bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Bu ko'rsatkich bilan u o'zaro o'yinlar to'purari hisoblanadi. Odil Ahmedov va SHerzod Karimov hisobida 5tadan gol mavjud. Vladimir Kozak esa 3 marta olmaliqliklar darvozasini nishonga olgan. AGMK uchun "Paxtakor" darvozasiga eng ko'p golni Zafar Polvonov kiritgan. Ushbu hujumchi to'qnashuvlarda 3 gol muallifiga aylangan.
8 - Igor Sergeev
5 - Odil Ahmedov, SHerzod Karimov
3 - Vladimir Kozak, Zafar Polvonov, Dragan CHeran, Doston Hamdamov.
Yo'qotishlar
Yaqinda jarrohlik amaliyotini o'tkazgan Ikrom Aliboev "Paxtakor"ga yordam bera olmaydi. AGMKdan esa Murodjon Toshmatov jarohati sabab o'tkazib yuboradi.
Hakamlar
Ahro Risqullaev joriy mavsumda Superliga doirasida "Paxtakor"ning birinchi, AGMKning (14-tur "Metallurg" 0:1) ikkinchi o'yinida bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Mutaxassis fikri. Baxtiyor Ashurmatov: - Bu bahsda qaysi jamoa g'alaba qozonishini taxmin qilish juda qiyin. Oxirgi yillarda AGMK "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchramoqda. SHackix jamoasi bir tekis o'yin ko'rsata olmayotganini, olmaliqliklar yuqori o'rinlar uchun kurashayotganini hisobga olsak imkoniyatlar teng. Fikrimcha durang natija qayd etiladi.
Fikrlar