So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  4 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Maksim SHackix: "Hammasi o'z qo'limizda" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Hammasi o'z qo'limizda"

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan (6:0) so'ng "sherlar" ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.



- 6:0. Yana bir nechta gol ura olardik. Juda yaxshi o'yin namoyish etdik. Raqibda bor-yo'g'i bitta zarba bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zidayoq o'yin masalasini hal qilsak bo'lardi. Ikkinchi taymda nima ustida ishlayotganimizni ko'rsatib qo'ydik.

- Maksim SHackix kelganidan so'ng Abbos Fayzullaev yanada "ochildi", uning qaysi jihatlari ustida ishladingiz?

- Menimcha, bizgacha u zaxira futbolchisi edi. Keyin asosiy tarkib futbolchisi bo'lish imkoniyati paydo bo'ldi va men unga bu imkoniyatdan foydalanish kerakligini aytdim. Ayni damda unga nisbatan hech qanday savollar yo'q. Talablarni bajarayotgan futbolchi maydonda o'ynayveradi.

- Bunday futbolchilar tez ko'zga tashlanadi va agent hamda skautlar etiborida bo'ladi. Fayzullaevni qishda yo'qotib qo'yishdan qo'rqmaysizmi?

- Abbosning yana bir yillik shartnomasi bor. Albatta, bitimni uzaytiramiz. Agentlar nima o'ylayotganini bilmayman. Ular ham aqlli odamlar. Faqat "Paxtakor"dangina kuchli chempionat yoki jamoaga ketish mumkin. Liga yakunlanganidan so'ng barchasini o'ylab, hal qilib, qishki yig'inlarda kim ishtirok etishini aniqlab olamiz.

- "Nasaf" "Neftchi"ga mag'lub bo'ldi. So'nggi turda "Paxtakor" chempionga aylanishi mumkin. Oxirgi turda hamma narsa bo'lishi mumkin. Jamoangiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- So'nggi 4-5ta turdan beri vaziyat shunday. Asosiysi - hammasi o'z qo'limizda. Endi "Bunyodkor"ni qanday mag'lub etish haqida o'ylaymiz.

- "Bunyodkor"ga Boshkovich kelganidan so'ng jamoa o'yinida o'zgarish ro'y berdi. "Qaldirg'ochlar" "Paxtakor"ga jiddiy muammolar tug'dirishi mumkin.

- Vaqti kelsa o'ylab ko'ramiz, hammasini tahlil qilib chiqamiz. Ayni damda futbolchilar tiklanishiga etibor qaratamiz. Navbatdagi o'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Baribir o'z uslubimizda o'ynaymiz. "Bunyodkor"ni o'rganib chiqib, kerakli xulosalar qilamiz.

- "Paxtakor"ga kelganingizda quyidagi gaplarni aytgan edingiz: "Futbolchilarimni FIFA kunlaridan boshqa paytda bezovta qilmang". Biroq bunday bo'lmayapti. Masalan, yaqindagina Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahsda "sherlar" futbolchilari terma jamoaga jalb etildi. O'sha bahsda maydonga tushgan Behruz Asqarov bugun ham o'ynadi.

- Men bosh murabbiy bilan gaplashdim. U ko'proq futbolchi so'ragan edi, ammo kelishuvga erisha oldik. Bu vaziyatda Behruz hozircha asosiy tarkib futbolchisi emas. Asqarov ikkita bahsda ishtirok etgani yaxshiroq deb hisobladim. Janubiy Koreyaga qarshi bahs u uchun katta tajriba bo'ldi deb o'ylayman. Ertaga ular yana o'ynar ekan. U maydonga tushadimi, yo'qmi, bilmayman. Qarorni terma jamoa ustozi qabul qiladi. Bugun 20 daqiqa o'ynadi. 9 noyabrda esa u "Paxtakor"ga qaytadi. Bu yoshda ko'p bahsda ishtirok etish qo'rqinchli emas. Haliyam aytgan fikrimda qolaman. CHunki terma jamoada mashg'ulot jarayoni bo'lmaydi, klubda esa aksincha. Yoshlar uchun esa bu eng muhimi. SHu sababli klubda shug'ullanayotgan yoshlar tezroq professionalga aylanishadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика